Главная » Статьи » SHERLAR [ Добавить статью ]

В разделе материалов: 184
Показано материалов: 151-184
Страницы: « 1 2 3 4



Мендек севмайди...
Kechiringiz, ishqli nigoh ila endi qaray olmayman,
Ketgan bo'lsangizda sizga yomonliklar tilay olmayman...
Qalbda mehmon bu ishqning boshin ortiq silay olmayman,
Kechiringiz... Avf etingiz unutmoqni istay olmayman...

Borligingiz sevinchim, baxtingiz baxtim,
Sizni sevmog'im bu - eng shirin axtim....
Zaminlarga sochursizmi shu yarim baxtim...
Mendayin noshudni ravo ko'rmang o'zingizga...

Loyiq erursiz to'kis baxtning ulug'iga,
Yurmang zinhor shaytonlarning yo'rig'iga.
Sevgi tuting ko'ngli yarimmas, to'lig'iga,
Ishqingizga yorim zinhor arzimasman men.

Ko'zlarimning gavhari bo'lsangiz nogoh,
Abad kiprigimla asrardim sizni,
Dunyo g'amlaridan bo'lmasdim ogoh,
Umrbod yumib ham yashardim ko'zni...
Gar ko'ksimdagi yurak siz bo'lsangiz,
Tanho men yashashim uchun urib tursangiz...
Shundagina bir qatra ham yig'lamas edim,
Sizdek bebaho yurakni aslo tig'lamas edim...
To'yib qolsangiz bir kun bevafolar makridan,
Quvilsangiz shubha-gumon shahridan...
Aslo cho'chimang Sirli_qizning qahridan,
Shu damda ham u sizni kutmoq ila ovvora bo'ladi,
Qaytsangiz gar - shodliklari to'lib favvora bo'ladi.
Shundagina yarimtagina yuragi bir umrga to'ladi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"SENI SEVGANIM"..
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas qushlar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"SEVGI"
Seni bir bor ko’rgandim,
Ko’zlaringga o’rgandim,
Inkor etib sevgini
Seni sevib bo’lgandim.

Isming yozib yurakda,
Bahtim sen bir malakda,
Sen onamga o’xshaysan
Shundan sevsam kerakda.

Dardimga davo sevgi,
Ayrilmas balo sevgi,
Hijronlari qaxraton
Sog’inchi olov sevgi.

Yulduzmas oy yoniga
Sevgi hos tan joniga,
Ushbu kundan aylanding.
Ko’nglim qadrdoniga.

Ey labi qo’qon gilos,
Bo’ylaring bo’yimga mos,
DILDORA qiz NODIRXONga
Endi bildir dildan roz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Daftarim chetida g’alat hoshiya;
Eslay ololmayman nega qo’yganim.
Bir quvnoq kunimdan balki xotira?
Balki belgisidir ilk bor sevganim?

Balki do’stlarimning achchiq hazilin,
Hazm qila olmay qo’yganman uni?
Balki hayotimning silsilasini,
Yozgartirmoq bo’lgan maqsadim kuni?

Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
Hayotdan to’yganim nishonidir u?
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
Ifodalab qo’ygan bir ajib tuyg’u?

Daftarim chetida bu g’alat chiziq.
Ne bo’lsa ham uni eslab yuraman.
Shirin orzularim ro’yosin tuzib,
Faqat baxtdan deya umid qilaman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Олиб берманг дунё молини,
Cўраманг хам хол ахволини.
Ширин сўзга берар жонини,
Аёлга бир мехр кифоя!!!

Қўлларидан олманг юмушин,
Олтин қилманг майли
турмушин.
Уни атанг ОЛТИН,КУМУШИМ,
Аёлга бир мехр кифоя.!!!

Райхоним деб силанг бошини,
Сўндирманг хеч қалб қуёшини.
Яширади кўзин ёшини,
Аёлга бир мехр кифоя.!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yuragimga sig'may qolganda armon.
Taqdir azoblari quritsa darmon.
Men uchun xamisha sherik mehribon.
Yaxshiyam siz borsiz
siz bor Onajon.

Azizam munisim alomatligim.
Duogo'y iymoni salomatligim.
Jannatim sizniki qiyomatligim.
Umringiz ziyoda bo'lsin Onajon.

Nogoxon omadim chopmaganda xam.
Oqar daryolarim oqmaganda xam.
So'zlarim xech kimga
yoqmaganda xam.
Alloxdan baxtimni so'ragan inson.
Yaxshiyam siz borsiz siz bor onajon...

Baxtimizga doimo sog' bo'ling omon!
Mexribonim ONAJON!!!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Azobda qovurilgan
vijdon yig'lasin.
Do'zaxga maxrum shayton yig'lasin.
Mayli osmon yig'lasin,yer yig'lasin.
Ota-onam yig'lamasin dunyoda faqat!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Azobda qovurilgan
vijdon yig'lasin.
Do'zaxga maxrum shayton yig'lasin.
Mayli osmon yig'lasin,yer yig'lasin.
Ota-onam yig'lamasin dunyoda faqat!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yurardim qachonlardir betashvish-u beg'am.
E'tibor qilmapman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo'q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM.

Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM.

Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM.

Uchkun ham o'tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.

Men ahmoq tushunmay vido so'zini,
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini,
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini,
Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM.

Otajon mehribon, g'amxo'r edingiz,
Asaldayin shirin edi so'zingiz,
Sog'inib eslaydi telba Öglingiz,
Bolam deb, Ög'lim deb yashagan OTAM.

Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir,
Vafotizga mana to'libdi bir yil
Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM.

Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan OTAM.

OTAJON o'ksinmang ranjiganim yo'q,
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q,
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q
Tushlarimda holim so'ragan OTAM.

Yig'lamayman degandim yig'ladim biroq,
Ahir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yurardim qachonlardir betashvish-u beg'am.
E'tibor qilmapman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo'q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM.

Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM.

Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM.

Uchkun ham o'tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.

Men ahmoq tushunmay vido so'zini,
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini,
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini,
Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM.

Otajon mehribon, g'amxo'r edingiz,
Asaldayin shirin edi so'zingiz,
Sog'inib eslaydi telba Öglingiz,
Bolam deb, Ög'lim deb yashagan OTAM.

Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir,
Vafotizga mana to'libdi bir yil
Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM.

Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan OTAM.

OTAJON o'ksinmang ranjiganim yo'q,
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q,
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q
Tushlarimda holim so'ragan OTAM.

Yig'lamayman degandim yig'ladim biroq,
Ahir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mεhrini αyαmαydi bσshimni silαb, Yαrαtgαndαn hαmishα umrimni tilαb.
Sizdαn qαrzdσrmαn hαr sσαt, hαr σn, Mεning suyαnchiğimsiz, αziz "Onajon
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mεhrini αyαmαydi bσshimni silαb, Yαrαtgαndαn hαmishα umrimni tilαb.
Sizdαn qαrzdσrmαn hαr sσαt, hαr σn, Mεning suyαnchiğimsiz, αziz "Onajon
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tashvishlardan OTA qalbi nurab ketsa,
Yumushlardan tolib ketsa ONAIZOR.
Ikkisining xasratini aritguvchi,
YAXSHIYAMKI SHUNDAY SHIRIN GO'DAKLAR BOR...

Qurib ketsin bu dunyoning ozorlari,
Faxsh riyoga to'lib ketgan bozorlari,
Ovutmaydi gohi damda do'st yorlaring,
YAXSHIYAMKI SHU BEG'UBOR
GO'DAKLAR BOR...

Qadding tutsang qanotingni
qirqadi kim,
Ozor to'la jisming tinmay siltadi kim,
To'lib ketsang go'daklarga
termulgin jim,
OROM BERAR SHUNDAY SHIRIN
GO'DAKLAR BOR...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Gar qalbin yiglasa sira ham tinmay,
Birov senga ozor bersada bilmay,
Yuraging amriga itoat etmay,
Bariga qu'l siltab bir Tabassum qil!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Nega homush turibsan,
Shukur qil bu " shoda"ga.
Ekkaningni o'ribsan,
Qiz mehribon otaga.

Chaqirsang labbay deydi,
Yoninga chopay deydi.
Ko'nglingni topay deydi,
Qiz mehribon otaga.

Bersang yahshi tarbiya,
U Zulayho, Zulfiya,
Jannatga pilapoya,
Qiz mehribon otaga.

O'g'il quvat belinga,
Lek chidolmas fe'linga.
Kuning qolar kelinga,
Qiz mehribon otaga.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir do'stim bor jondan ham aziz,
Yuzi doim kulib turadi.
Unga hamma havasla boqar uni shodlik yaxshi ko'radi.

Bir do'stim bor qalblari otash,
Muhabbatga to'lib yuradi.
Har lahzasi doim baxtiyor,
Uni baxt ham yaxshi ko'radi.

Bir do'stim bor orzulari ko'p,
Orzusiga albat yetadi.
Chunki unga doim madadkor
Alloh uni yaxshi ko'radi.

Do'stlari ko'p atrofida jam,
Suxbatiga shoshib yuradi.
Bir men desam mendan ham o'tib
Uni hayot yaxshi ko'radi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir do'stim bor jondan ham aziz,
Yuzi doim kulib turadi.
Unga hamma havasla boqar uni shodlik yaxshi ko'radi.

Bir do'stim bor qalblari otash,
Muhabbatga to'lib yuradi.
Har lahzasi doim baxtiyor,
Uni baxt ham yaxshi ko'radi.

Bir do'stim bor orzulari ko'p,
Orzusiga albat yetadi.
Chunki unga doim madadkor
Alloh uni yaxshi ko'radi.

Do'stlari ko'p atrofida jam,
Suxbatiga shoshib yuradi.
Bir men desam mendan ham o'tib
Uni hayot yaxshi ko'radi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Salom do’stim hayotimning bo’lakchasi!
Do’st degani do’stning yarim yurakchasi.
G'am ko’rmang hayotizda Armon ila!
Bu do’stizni sizga bo’lgan tilakchasi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'ngil uyi bog' bo'lsa,
Tan-u jonlar sog' bo'lsa,
Qaddimiz baland bo'lsa,
Shuning o'zi BAXT erur!

Qo'l oyoqning yurgani,
Ko'zning ravshan ko'rgani,
Yuragingiz urgani,
Shuning o'zi BAXT erur!

Ota-ona borligi,
Molu-davlat yorligi,
Sizga kimdir zorligi,
Shuning o'zi BAXT erur!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sog'inaman bir dam ko'rmasam,
Buni she'rda ayladim izhor.
Bahtiyorman yorug' dunyodan,
Chunki senday mehribonim bor
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Юзларизга юзим боссам юзиз бурманг Онажон
Тушларимда қўлиз ўпсам қўлиз олманг Онажон
Мен бир ғариб дили пора ғам аламда юрибман
Ғам аламлар адо қилди соғинганман Онажон

Кошки ғамгин пайтларимда бошим узра қўллариз
Кошки дунё азоб берса мадад берса сўзлариз
Бугун соғинч ёшлар тўкдим соғинтирди йўллариз
Сизни эслаб сўзларингиз дилпораман Онажон

Жахон кездим йиллар ўтди келди оғир кунларим
Атрофимда ёри дўст йуқ ойсиз ўтди тунларим
Сиз эдиз сиз қоронғуда ёритгувчи йўлларим
Бир тасалли топмадим мен вайронаман Онажон

Сирларимни айтар эдим ичим тўлиб кетганда
Йўлинг топгин болам дердиз сенга имкон етганда
Имкон етди йўлим топдим Тангри бахтим берганда
Бахтим бўлди, узоқдасиз, сизсиздурман Онажон

Йўлга чиқсам "Майли ўғлим Ўзинг асра" дер эдиз
Мен кетардим узоқлардан менга боқиб турардиз
Уйга борсам болажоним деб юзимдан ўпардиз
Энди иссиқ бағрингизсиз музлаганман Онажон

Онажоним, Онажоним, Онажоним, мехрибон
Йўлларимни кутган уша мехрибоним Онажон
Йиғламанг, деб"қайда қолдинг-қайга кетдинг болажон"
Бағри муз - тош Қурбонингиз узоқларда Онажон
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



OTA ONALAR HAQIDA SHERLAR

ЯШАЙДИ ОНАМИЗ БИЗЛАРНИ
УЙЛАБ,
ТУНУ КУН ХУДОДАН
БАХТИМИЗ СУРАБ
ОНАСИЗ ҚОЛГАНЛАР ТУЙМАЙДИ ЙИГЛАБ,
ОНАСИЗ ХАЁТДА ЯШАШ
БОШКАЧА.

ОДАМДА МАРТАБА ОБРУ БУЛСА ХАМ,
ҚЎЛИДА МИЛЛИОНЛАБ
ПУЛИ БУЛСА ХАМ
ЁНИДА ОТАСИ
ХАЁТ БУЛСА ХАМ
ОНАСИЗ ХАЁТДА
ЯШАШ БОШКАЧА.

ОНАЛАР ДОИМО
ХУРМАТДА БУЛСИН,
ФАРЗАНДИ
БАХТИНИ АЛБАТТА
КУРСИН.
ЕТИМЛИК ДАРДИНИ
АЗОБИ КУРСИН,
ОНАСИЗ ХАЁТДА
ЯШАШ БОШКАЧА

ЕТИМЛИК
ДАРДИНИ ЕТИМ БИЛАДИ,
УНИНГ БУ
ДУНЁСИ БИР КАМ БУЛАДИ
ЎЗИДАН
ЎТГАННИ ЎЗИ БИЛАДИ,

ОНАСИЗ ХАЁТДА ЯШАШ БОШКАЧА.
ОНАНГИЗ
УМРИГА УМР ТИЛАЙМАН,
БИР УМР ТУГАЛМАС БАХТНИ ТИЛАЙМАН
ОНАСИЗ ХАЁТДА ЯШАШ БОШКАЧА.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo'sin.
Bu yil mani bilagim.

Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko'pro.
Ishim doim yugursin.
Bo'masin xech muammo.

So'rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol'e bu..
Ko'rsatib bir mahorat.
Sovg'a qilgin Malibu..

Pul endi qo'lni kiri.
Qo'lim shu yil kir bo'sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to'lsin.

Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo'sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go'zal bo'sin.

Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to'y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko'ray.

Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo'lar ijobat.

Jannob prikol 26.12.2014
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mayliga hovlimiz qorga to'lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo'lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do'stga ko'rsating xurmat.
Xayot og'ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Janob Prikol 28.12.2014
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tushimga kirasan kun ora.
Har tushda ko'rganda dil pora.
Orzuyim sen eding yagona.
O'zgalarga bo'lding janona.

Har oqshom to'lg'onib to'shagda.
Sevgimiz qanchaga sotyapsan?
Ming afsus, senga yot go'shanga.
Naxotki pul uchun yotyapsan?

Minglanat yaramas pulga ham.
Sen kabi ochilgan gulga ham.
Jirkanch xayotingni nima bezaydi?
Dunyoda maqsading nimadan?

Jirkanch nigoxingni ko'rgim yo'q.
Harob ahvolingni, so'rgim yo'q.
Toptading birinchi sevgimni.
Qaytishga umuman yo'ling yo'q.

Ox seni qanchalar sevardim.
So'rasang jonimni berardim.
Narxingni aytseng extimol.
Ikki barobarin to'lardim.

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b][color=red]Ortga qaytib bo'lmaydi endi.
Yo'llarni xatolar berkitib qo'ygan.
Yarim ko'ngil to'lmaydi endi.
Qolgan yarmi vayrona bo'lgan.

Sen xayotsan, men ham tirikman.
Lekin umid dafn etilgan.
Alamdan uhlolmay chiqamiz tunda.
Sabrlar yillarga sarf etilgan.

Uchrashsak jim turib faryod uramiz.
Bir-birimizga yuzimiz qaro.
Shunda ham nimanidur intiq kutamiz.
Qandaydur arqon bor yuraklar aro.

Na diydor bor, na bir qo'ng'iroq.
Na bir choramiz bor, na kichik yo'lak.
Sevgi ham ehtimol bizni tark etgan.
Xech baxo qolmagan, sog'inchdan bo'lak.
Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"Yaxshimisiz?" Deganingda sen.
"Yo'q yomonman!" degim keladi.
Xajringda xar kuni o'lgan yurakni.
Senga atab bergim keladi.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen...
Alamdan, ajabdan kulib yuborgum.
Sensizlik xar laxza jonimni olar.
Shu kunda qandayin yaxshi bo'lolgum?

"Yaxshmisiz?" deganingda sen.
Faryod solgim kelar yurakni mushtlab.
Hol so'rashing xaqoratga teng.
"YAXSHI" deyman, zo'rg'a, amallab.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen.
Bor dardimni aytgim keladi.
Harob bo'ldim sendan kegin men.
Yana senga qaytgim keladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Surnaylar chalinar, do'stlarim hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman men.
Yurakda muzim-u yuzda qor bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot vayrona.
Qilmishga yarasha jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'qishda kursdoshim Oydin ustidan.
Kulishdi birnechta shaxarlik g'alcha.
Yupka kiyip kepti shimni ustidan.
Sapogi o'ziga kattamush ancha.

Shaxarlik qizlarga savollarim bor.
Javob berib ko'ring kelmasa malol.
Saxarda ko'chaga suvlarni sepib.
Dalaga chiqqanmisiz, boqish uchun mol.

Tandir oqarishi siz uchun nima?
Non yopkanmisiz xo'roz uyg'onmay.
Sandalda qo'lizga ovolib igna.
Do'ppi tikkanmisiz sham yorug'ida?

Sholi ekkanmisiz kurmagin o'tab.
Poxol yig'ganmisiz sholipoyadan?
Maktabdan uyalib javoblar so'rab.
Qurt tutib boqtizmi pillaxonadan?

O'tin terganmisiz ukangiz bilan?
Makka sitkanmisiz tovuqlar uchun.
Nozik barmoqlarga kiriblar tikan.
Paxta chuvdingizmi? Toki yarim tun.

Agat chopganmisiz yagana qilib.
Kovush olganmisiz paxtalar terib.
Shu ishlarni qilgan qizlarni.
Atarlar xaqiqiy o'zbekoyim deb.

Sizkim kim bo'psizki ular ustidan.
Kula olmaydi Madonnasi ham.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'zga yorga ketding yor bo'lib.
Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
(Zamonaviy-Navoiy 29.10.2010)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'zga yorga ketding yor bo'lib.
Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
(Zamonaviy-Navoiy 29.10.2010)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tabiblarni tashxisi aniq.
Do'stlarim bilishdi endi turmayman.
Yuragimga botardi sanchiq.
Naxot endi o'zim yurmayman. . . .

Do'stlarim ketishdi birma-bir.
Endi qaytishmaydi buni sezaman.
ULARNI SOG'LIGIDAN BO'LIB XAVOTIR.
Oynaga termulib. . .yana kutaman.

Sevganimga SEVMAYMAN dedim.
U ham ketti bunga ishondi.
To'g'ri qildim dedim o'zimga.
Boshiga uradimi men NOGIRONNI.

Vafodor deb bilgan dildorim.
Tashlab ketti ko'rgach bu holim.
Yana undan xavotir bo'lib.
Qo'zg'oladi rashk ila orim.

Faqat ONAM men bilan qolgan.
Faqat U zot chindan sevadi.
Hazl qilib o'ksik o'g'liga.
Harkuni gul olib keladi.

Hudoga yetsayu meni zorlarim.
Jonimni olib qo'ysa bir kuni.
Bilmadim yig'larmikan do'st-u yorlarim.
Lekin onam chindan yig'laydi.

Yontoqlar bosmaydi meni qabrimni.
Buni yuragim chindan sezadi.
Mushtifarim xassada yurib.
Menga gullar olib keladi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Қизларни гўзал ва мафтункор қиладиган енг самарали формула ўйлаб топдим. Бу- аввало қалбингизга нафис хаё ва ибо гулларини екиб уни ақл сувлари билан парвариш қлинг. Шунда юзингиз упа-ю, сурмага эхтиёж хис этмайди.

Муаллиф: админ Шохжахон.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b]Bugun ishdan charchab keganman.
Ich etimdan sovuq yeganman.
Ishonaver uyim-joyim deganman.
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Ko'chada xechnarsa turmaydi tekin.
Hammasi to'kin bo'ladi sekin.
Aljirab og'zinga kelganin degin.
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Ola-xurjun tushgan boshimga.
Ma'sulyatim sezib yuraman.
Do'mbog'im erkalab kelib qoshimga.
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Vafodorsan buni bilaman.
Sening uchun jonim beraman.
Kamchilik booor sezib yuraman.
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Xarom puldan orlanib yurdim.
Bazida boylarga xorlanib yurdim.
Yagonam xayolda zorlanib dedim:
"Uyda kam bor" demagin xotin.

Xayotim mazmuni, baxtingdan kulgin.
Menga omad tilab, taxt tilab yurgin.
Yetmasa buguncha amallab turgin.
"Uyda kam bor" demagin xotin.

JANOB-PRIKOL 06.01.2014 y.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0