Главная » 2016 » Июнь » 26 » Baxt xazoni
22:43
Baxt xazoni
Mana, sen kutgan baxtli kunlar ham yetib keldi. Bugun baxtning ulkan qasrida,sevgining nafasidan butunlay sarmastsan. Yuzingda kulgu, yanoqlaring uyalganidan olmadek qiza4gan, qalbing esa endi chimildiqqa kirgan yosh kelindek hayajon ila urmoqda. Atrofingni o'rab turgan gullar nafasi bahorni eslatadi go'yo. Yosh bolalarning kulgusi sening oydek yuzingga o'zgacha shodlik,kulgu ulashadi. Bugun har bitta inson kulgusidan qalbingda bog' yaratmoqchisan. O'zgalar ko'z o'ngida nafaqat o'zingni balki balki qalbingni ham ilk bora Unga his qilgan tuyg'ulardan yaralgan baxt va quvonchni yana hiz qilishiga urinyabsan. Mana, sen kutgan baxtli kunlar ham yetib keldi. Sevgan, bir yostiqqa bosh qo'ygan, hayoting, butun borlig'ingga aylangan aziz insoningni o'zga bir malak bilan kuzatyabsan. O'zgalar nigohida g'alati tuyulsa-da, sen ularga baxt tilashdan charchamayabsan. To'g'rida, o'zing berolmagan baxtni sevgan insoninga boshqa go'zal bera olishini bilib turib uni sanduqqa qulflab qo'yarmiding? Yo'q, albatta! Bu imkon boshqa insonda borligini, o'sha boshqasi sen "hayot" deb bilgan insoninga baxt berolishini bilganing uchun ham bugun o'zingda yo'q hursandsan, shodsan. Ammo... ammo o'ylab ko'rmading hatto... Qalbingchi? U haqiqattan ham baxtlimikan? Sen emasmi hozir uni jar yoqasiga boshlayotgan? Qahraton qishning zulmkor sovug'ida yalang'och qoldirayotgan? Sen emasmi uni o'zga bevafo bahorning sokin qo'ynida, yo bo'lmasa oltin kuzning to'kilayotgan xazonlar ortiga, armonning zulmat ko'chalarida sevgingni, qalbingni tanho qoldirayotgan? Axir sen emasmi endi uning bir umr yomg'ir ostida soyabonsiz o'tirishini afzal deb bilgan? Bugun baxtning osmonida erkin uchmoqdasan, ammo qalbingni zulmat qa'riga kishanlab, uning abadiy qiynalganlari evaziga kelgan baxt emasmi bu? Bunchalar qahring qattiq, qalbing tosh bo'lmasa... Sen hammani ko'z o'ngida o'zingni baxtli qilib ko'rsatmasang. Sevging qalbingni ming o'tda yondirayotgan payt, qanday qilib kula olyabsan? Naqadar beshavqatsan. Ikkinchi tomon bu seni yer-u ko'kka ishonmagan, sen bilan o'z taqdir yo'lini bog'lagan insoning- Yoring. Sen bugun uning baxti ichun baxtlisan, ammo u sening baxtsizliging evaziga kelayotgan baxt uchun senchalik baxtlimikan? Uning qalbiga quloq solib ko'rmading nechun? U ham senchalik suyunyabdimikan? Baxtlimikan? O'ylab ko'rmadingmi, uning qalbi ham alangali olovda yonayotgan deb? U ham sevgisining qurboni bo'layotganini o'ylab ko'rmading hatto. Sen baxtli ko'rmoqchi bo'lgan insoning aslida sendanda baxtsizroq ekani hayolingga kelmadi. Olov otashiga qalbingni, sevgingni itarayotvam sen emasmi? Shuncha savollar, ammo kim ungga javob beradi? Aslida kim bu savollarga javob berishi kerak? Senmi, taqdirmi yo bo'lmasa o'zga bir inson???
Kim aslida aybdor bu qalbni o'rtovchi tantana uchun? Heh kim... Ayni damda sen faqat o'zingni ayblayabsan. Ammo nega? Aslida o'zing ham hayronsan bo'layotgan voqealarga. Lekin negadir yana qalbinga qarshi ish tutyabsan. Balki bu harakating bilan qanchalik mard ekanligingni ko'rsatmoqchisan, ammo kimga birovning baxtsizligi baxt keltiribdiki, o'zga malakka bu baxt olib kelsin???
Прикрепления: Картинка 1
Категория: O'QING FAQAT YIG'LAMANG XIKOYALAR | Просмотров: 2551 | Добавил: shaxni92 | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 1
avatar
0
3 ferede97 • 09:49, 14.08.2016
hands
avatar