Главная » Статьи » HIKOYA VA ROMANLAR [ Добавить статью ]

В разделе материалов: 37
Показано материалов: 1-37



Meni bir ajoyib kuchigim bor edi.
U juda yoqimtoy va sho'x, doim uyimizi havfsizligi uchun birinchi o'rinda u qayg'urar edi.
Onamni aytishicha men safarga ketsam u bir necha kunlab xechnarsa yemas, to biroz yupanmagunicha hafa yurar ekan.
Meni ham unga mehrim boshqacha yani u menga eng yaqin do'stim kabi edi.
Uni ismi Tuzik

Aniq eslayman 2010 yil 25-mart kuni uyga qo'ng'iroq qildim.
Onamni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, opam va jiyanlarim bilan miriqib suhbatlashdik.
Shu orada jiyanchamdan Tuzik yuribdimi? U bilan o'ynayapsizlarmi? Deb so'radim.
Jiyanimning javobi kayfiyatimni buzdi.
- Tuzik ketib qoldi tog'a.

Sizlarga kulgulidur, lekin men uchun bu huddi yaqinimni, eng yaqin qadrdonimni yo'qotgandek edi go'yo.
O'sha kuni negadir yig'lagim keldi.... Bo'g'zim bo'g'ilardi, qayoqqa ketadi?
Nega ketadi?

Kuzda uyga bordim. Oila azolarim hammasi kutib olishdi. Lekin kimdur kamdek go'yo.
Meni doim safardan aylanib, sakrab,hurib kutib oladigan Tuzik yo'q edi.
Oradan uch to'rt kun o'tdi, onamdan tuzik haqida so'radim.
- Bir martta jiyaninga tashlanib qoldi, qo'shnilarni tovuqlarini yeb qo'yibdi. Holengni o'g'liga aytib uzoqroq joyga tashlab kegin deb berib yubordik. Qo'y bolam tinchroq o'tiraylik...
Bu gaplarni boshqasi aytganida tuxmat degan bo'lardim chunki tuzik xechqachon yoshbolalarga tashlanmaydi, tovuq yegisi kelsa uyimizda ham tovuq bor ediku. U tovuq va qo'ylar bilan o'ynardi lekin tishlab qopimasdi.

Xikoyaning eng jumbushga keladigan joyi endi boshlanadi!

Namangan viloyatida kiyim kechak arzon degan fikrga kelgan oila azolarim bilan Namanganga yo'lga otlandik.
Yo'l tuman va sirpanchiq muzlama edi.
Juda sekin yurishga to'g'ri keldi. Amallab yetib oldik. Tong saxarda borganimiz uchun tushlik vaqtigacha bozorlik qilib bo'ldik.
Uyga qaytayotganimizda tuman tarqagan va yo'l ham ancha yaxshi holatda edi. Tezroq yani tushlikni uyda yeyishga qaror qilib tezroq yurardim.

Yo'lda ba'zi chuqurlarni xisobga olmaganda mashina qiynalmas va o'qdek uchardi. Bir payt mashina ostidan qandaydir tovush eshitildi, etibor bermadim.
Uyga keldik, tushlikdan so'ng mashinani yuvib texnik xolatini ko'rishga axd qildim.
Mashinani yuvayotganimda bir seskanib ketdim. Tuzik mashinaning ostidagi ximoya temiriga bir qo'li qisilgan xolda, loyga qorishib osilgan xolda o'lib yotardi.
Ko'zlarimga ishonmas edim. Uni chiqarib oldim, to'g'risi bu qismatga lol edim.
Men o'zimni eng sodiq do'stimni uydan haydab kegin esa uni o'ldirib qo'ydim. To'g'ri u oddiy bir it, ammo egasini aynan anashu yo'ldan o'tishini bilgan it. O'z uyiga qaytishi uchun sadoqatini isboti uchun jonini bergan jonivorim.
Uyga kirib onamga tuzik qaytib keldi derdimu lekin dimog'im bo'g'ilardi. Qiynalar edim!!!

Do'stlikni itdan o'rganing odamlar!!!

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir ish qilayotganingda "bu halol" yoki "bu harom" deyayotgan bo'lsang hursand bo'laver.
Demak hali sen Musulmon ekansan!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qalb qotib qolganini belgisi shuki,,,,
Seni Ummonni qo'shiqlari yig'latadi.
Qu'ron oyatlari yig'latolmaydi!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yog'och mixga :
- Sen meni badanimga ozor yetkazding deydi.
Mix esa.
- Sen meni boshimga urilgan zarbalarni bilganingda edi.
Deb javob berar ekan.
Ba'zida kimdir bizni ko'nglimizni og'ritsa unga yomon fikrda bo'lamiz. Extimol unga bizdanda azobliroq bo'lgandir!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Rivoyatlar.
Agar yo'qotishni umuman xoxlamagan narsangdan ayrilib qolsang.
Unutma Alloh senga umuman erishishing amrimahol bo'lganingni beradi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bizda nega yetishmovchilik bo'ladi bilasizmi?
Nega tuzgan rejalarimiz amalga oshmay qolaveradi?
Nega omadsizlikdan hunob bo'lamiz?
Bularning hammasiga ayibdor biz Meyorni bilmaymiz!
Me'yor harbir narsada bor.
Telefoningiz hotirasidan tortib, payavzalingiz bog'ichini tortilishiga qadar me'yor bor!
Oddiy misol: Nonvoy non yopar ekan o'z me'yorini bilishi shart. Uning bozorida o'rtacha 200 ta non sotiladigan bo'lsa va bu unga me'yor. Ammo muhtaram nonvoyimiz ko'proq foyda ilinjida nonlari sonini 250 taga ko'paytirib yopsa... Bu me'yordan oshadi va 90% ehtimol bilan uning ortiqcha 50 ta noni qolib ketib ziyon keltiradi yoki unga xech bo'lmaganda anchagina qiyinchilik tug'diradi.

Har bir narsada me'yorni aniqlab olish uchun minimaldan boshlash maqsadga mosdir.
Me'yor dalada suv qo'yishdan tortib soch tarashgacha bor!
Haqiqiy tadbirkor bo'lish uchun eng avval me'yorni biling xurmatli do'stlar!

Xurmat bilan janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ibratli xikoyalar.
Йулда Узларига тукнаш
келаётган молни куриб, , Имом Аъзам ЙУЛ берибдилар. Сабабини сУраганларга , шундай жавоб килибдилар:

— Молнинг шохлари бУлса‚
менинг аклим бор!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[i]Hadislar.
Тарих сохасида жахон микёсида тенги кам олимлардан бУлган Махмуд Камолдан СУрадилар:
— Сиздаги билимнинг У'ндан бирига хам эга бУ'лмаганлар сиздан бир неча баробар кУпрок танилдилар. Бунинг сабаби нимада экан?

— Мен билмок учун УргаНДИМ улар билинмок учун!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[i]Хикматли сузлар.

Киркинчи ХужадаН сУрадилар:
- Каъбани илк кУрган кишининг дуоси мутлако кабул бУлар экан. Биз кУришимиз билан нима деб дуо килайпик?
жавоб жуда окилона бупти
— «Ё Роббим, бу ерда нимаики
Дуо килсам хаммасини кабул кил» деб...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ибратли.
Кози, одамларга карзини тУламай юрган бир кишини чой ичши бахонасида уйига чакиртириб, эшик олдига боглаб кирган отини соттирибди. Бадалини карз сохибларига бериб, халиги кишига дебди:

— Пиёда юрмок, бУЙИНДа карз билан от мингандан минг мартда яхширокдир.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ibratli xikoyalar.
Йулда Узларига тукнаш
келаётган молни куриб, , Имом Аъзам ЙУЛ берибдилар. Сабабини сУраганларга , шундай жавоб килибдилар:

— Молнинг шохлари бУлса‚
менинг аклим бор!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Тарих сохасида жахон микёсида тенги кам опимлардан бУлган Махмуд Камопдан СУрадипар:

— Сиздаги билимнинг Ундан бирига хам эга бУлмаганлар сиздан бир неча баробар кУпрок танилдилар. Бунинг сабаби нимада экан?

— Мен билмок учун УргаНДИМ улар билинмок учун!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mening shiorim HAMMANI BAXTLI QILISH EMAAS.
mening shiorim XECHKIMNI HAFA QILMASTLIK.

janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Maqsad bilan orzuning farqi nimada?
Maqsad jiddiylar uchun, orzu yalqovlar uchundir.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xayot o'limdan so'radi.
- nega odamlar meni yaxshi ko'radiyu seni yomon ko'radi.
O'lim xotirjam javob berdi.
- Chunki sen shirin yolgonsan. men esa achchiq haqiqat!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'z yoshlar oddiy sho'r suv emas!
Ular qalbning so'zlaridir.
Lekin bu so'zlani juda kam odam tushuna oladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir kishi donishmand xuzuriga borib.
- Mol dunyodan omadim yo'q, shu mol dunyo taxsimlanganda qayErda bolgan ekanmana-a? deb so'radi.
Shunda donishmand uni kasalxonaga olib borib.
- kasalliklar falokatlar va jaroxatlar taxsimlanganda yo'q bo'lganinga shukir qil degan ekan.

xikmatlar kitobidan
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Siz qorong'ulikdan qo'rqmaysiz,,,- zulmatda nimadir borligidan qo'rqasiz.
Siz balandlikdan qo'rqmaysiz.,,,- siz yiqilishdan qo'rqasiz.
Siz mushtdan qo'rqmaysiz- og'riqdan qo'rqasiz.
Siz gap so'zlardan qo'rqmaysiz,,,- sharmanda bo'lishdan qo'rqasiz.
Siz sevishdan qo'rqmaysiz- sizni sevmastligidan qo'rqasiz.

Shunday emasmi do'stim?

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0




Xikmatli

AQSh aeroportlarining birida bir jurnalist so'rovnoma o'tkazmoqda.
-SIZ UCHUN ENG DAXSHATLISI BU NIMA? Deb qo'yilgan savolga hamma turlicha javob berardi.
Kimdir; urush desa yana kimlardir zino, qiyomat, kasallik deb javob berishar edi.
Shu payt aeroport kutish zaliga oq yaktakli mo'ysafid kirib keldi. Buni ko'rgan jurnalist unga savolni berdi-
-SIZ UCHUN ENG DAXSHATLISI BU NIMA?
Mo'ysafid savolga savol bilan javob berdi.
- Sen kimsan?
- Anjelika Ulims
- Yo'q. Bu ism. Sen kimsan?
- Jurnalist
- Yo'q bu kasb. Sen kimsan?
- Ingliz
- Bu millat.Sen kimsan?
- Odamman!!! Dedi jurnalist va mo'ysafidni jilmayganidan quvonib to'g'ri javob berganidan mamnun.
Shunda mo'ysafid dedi:
- ENG DAXSHATLISI, BU O'ZINGNI KIM EKANINGNI BILMASTLIGINGDIR.!!

O'ylang,,,, o'ylang,,,,
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari.
Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi.
Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz?
Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi?
Saytimizda moderator bolmoqchimisiz?
ZAKAZ she'r kerakmi?
Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz.
Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi.
Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING
Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz.
Men har biringizni kutaman...

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Talaba imtihonga kelib, bilet oladi. Qarasa, undagi savollarni bilmaydi:
–Domla, boshqa bilet olsam maylimi?
Talaba ikkinchi biletni ham bilmaydi. Domladan so‘rab, uchinchi biletni oladi.

Bu gal ham ahvol o‘sha-o‘sha. To‘rtinchi biletni olishga ijozat so‘raganda, domla uning imtihon daftarchasini oladida, “3” qo‘yib beradi.

Buni ko‘rib assistent hayron bo‘ladi va professordan nega shunday qilganini so‘raydi.
Domla:
–Izlayabdimi, demak nimanidir biladi…
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



U sizni xech qachon sotmaydi, tashlab ketmaydi, aldamaydi.
Hechkimga hafa qildirmaydi.
Hoxlasangiz bas, u doim siz bilan.
Sevgini Itdan o'rganing odamlar.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'pchilikga ham hayronsan yolg'on gapirish uchun 1-aprelni kutganmish... Go'yoki yil davomida ROST gapirgandek..
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



(Bir qizning tag'diridan olingan
hikoya)
- Oyi, nima qilyapsiz? Kech
böldiku
uxlamaysizmi? Soat ham uchdan
ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga
kun yorug'ida birgalashib tugatib
qöyamiz.
- Qizim, sen uxlayver, men hozir
bir pasda shuni tugataman-u
uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan,
shuni tugatsak ertalab azonda
topshirib,
puliga 2 ta yangi kelgan
'buxanka'
non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida....
- Yöq, oyi nega, kechqurun
hammamiz
yahshi ovqatlandikku!
- Kartoshka, piyozdan qilingan
yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali
yahshi inson bölasizlar, katta
odam bölsanglar
dasturxonimiz yana tökin böladi,
ha qizim? Singlingni och uxlab
qolgani yahshi bölmadida,
uxlaganinglardan söng ikki, uch
marta uyg'onib oyi non bormi,
ozgina non bering deb söradi....
- ( Nima deyarimni bilmay qoldim,
oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali
maktabga ham chiqmagan, aqli
yetmaydida hali, oyimdan köp
narsa söraydi, bilmaydida biz
hamma kabi emasmiz.
Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini,
oyimning tunlari uxlamasdan tön
qavib chiqishlarini, bizni öylab
siqilishlarini
bilmaydida....
Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan
beri tuzukroq tuz ham
tortmasdan,
uxlamasdan pul topish uchun
harakat
qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan
kuni yig'lab ötirgan ekanlar,
qöllariga nina kirib ketibdi, bu
birinchi marta emasdi, qöllari
qavarib ketgan bu
azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar,
shu uchun yig'laydilar, garchi,
dadang
kelsalar hammasi yahshi bölib
ketadi deb bizni ovutsalarda,
özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam
endi
kelmaydilar, ötgan 5 yil ichida u
yerlarda
yangi oilali bölib ketibdilar. Ey
Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil
qilay)....
- Singling yosh hali, uni xafa
qilma, u senga eng mehribon
inson böladi,
sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi
nonushta qilib
beraman, uxlay qol qizim....
- ( Ertalabki vaziyatni bir umr
yodimdan chiqara olmayman,
Oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida
nina, tizzalari ustida tönning yeng
qismi,
bir bölakkina öchay deb qolgan
sham
yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga
tikilib ötirgandilar,
yugurib bordim, qöllari muzdek,
etim jimirlab ketdi....
Ohirgi ayta olgan sözim shu
böldi....) - Oyi, oyijon, közizni oching. Men
tez katta qiz bölaman, faqat
iltimos, bizni tashlab ketmang....
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir o'zbek Haj safariga
boribdi.
U yerda bir Arabistonlik
undan
o'z yurtingni tasvirlab ber
deb
so'rabdi. Shunda o'zbek " -
Yurtimning havosi musaffo,
odamlari oq ko'ngil,
hovlilarida
xurmo, anjir, uzum va
boshqa
ko'plab mevalar o'sadi.
Hovlining o'rtasida esa
ariqda
toza suv oqadi " deyotsa
haligi
Arab sen menga jannatni
gapirma degan ekan!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



..Xayot 'PIYANINO' kabidir oq va qora klavishalari bor oqlari xursandchilik omad baxt qoralari teskarisi lekin chiroyli musiqa chiqishi uchun ikkala klavishani bosishga majburmiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga qarab qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi. Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi bolakay. Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon" Bolakayning onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini öylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan köplab qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Közlari shishib ketgan, oppoq choyshab yopingan köyi chözilib yotgan oyisining yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi özimni toychog'im... -Oyi, endi tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi. -Menga yana ertak aytib berasizmi? -Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday sönggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning köpligidan hayron qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib söradi u. Dadasi chökkalab ötirib ög'lining közlariga boqdi: "Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa böldi, men bitta ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan dadasining köz yoshlari uning yuziga tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga qölini chözdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon...
( Avtor: Ayubov Zarif)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sigaret chekaverib o'pkasi chirigan er bilan qishdaxam yalang bosh yurib miyyasi ishdan chiqqan xotindan sog'lom bola tug'ulishi mo'jiza yoki fantastik. Sportchi er va oqila o'qituvchi xotindan kelajagi buyuk olimlar chqishi shubxasizdur!

Muallif: gr admini ShoxJAXON
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



(ha- ni xm) "sh"ni- w, "o'"ni- 6, "ch"- 4 qilib yozuvchilar diqqatiga! Olimlar takidlashlariga ko'ra. INSONNING CHROYINI UNING YOZUVLARI BAXOLAR EKAN. Bugun yoshlarimiz umuman e'tibor bermayotgan xato-xato yozuvlarni o'qib ularni savodsiz deylikmi yoki birinchi to'g'ri yozishni o'rganib kegin internetga kir, deylikmi? O'g'il bolalar odatda ancha savodliroq bo'lish o'rniga ataylab xam qilinishi mumkun bo'lmagan xatolar bilan yozmoqda. Qizlarimiz maktabda ancha a'lo baxoga o'qigan bo'lsalar xam shuncha xatolar bilan yozishdan uyalmay yozishmoqda. Xurmatli yoshlar, vertualda va xayotda xam insonni ko'rki bo'lgan xatingizga e'tiborli bo'ling. Unutmang yozuvdagi xatolar qancha ko'p bo'lsa savodsizligingizga shuncha isbot bo'ladi. Hurmat bilan g.r admini Shox Jahon tayyorladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Siz uchun eng muhum mavzu. Ma'danyatli inson qanday bo'lishi kerak? Quyidagi sifatlarga qat'iy amal qiling va buyuk insonlarga xos xayot kechiring.
Ma'daniyatli insonlar odatda tongda yuzini yuvmay turib yemaydi xam demaydi (gapirmaydi) xam.
Xar doim xar qanday va'ziyatda o'zini toza tutadi.
Xech qachon suxbatdoshini gapini bo'lmaydi.
Ovqat yeganda ortiqcha ovozsiz va shaltoqsiz yeydi.
Xar qanday xolatda xam asablarini jilovlay oladi.
Ma'nosiz gaplar bo'lsa xam etibor bilan tinglaydi, lekin o'zi chertib-chertib gapiradi.
Kechirimli va doim samimiy bo'ladi.
Sport va kitob uning ajralmas xamroxi.
O'zi xaq bo'lsa ortiqcha tortishib baxslashmaydi.
Aqli yetmagan narsaga uyalmay yordam so'raydi.
Xazlni xam joyida va be ozor tarzda amalga oshiradi.
Eski bo'lsa xam kiyimlarini va mashinasini ozoda tutadi.
O'zi bilan o'zi gaplashganda xam, ko'pchilik bilan gaplashganda xam xushmomila va odob bilan gapiradi. (yani be mani so'zlarsiz)
Sigaret qoldig'ini boshqalar yerga tashlasa xam u kuldon qidiradi.
Jamo'at joyida burun qoqish, va telefonda muloqot qilishdan o'zini tiyadi.
Jamiyatga foydasi tegsin uchun yashaydi, xechqachon buzg'unchilik, g'iybat, va yolg'on gapirmaydi.
Birkunda bir martta yuvinmasa o'zini juda iflos xis etadi.
Xaqqini so'rashda xam meyor va samimiylik bilan talab qiladi.
Puli juda ko'pligida xam yo'qligida xam bir xil yashaydi.

Bu sifatlarni bir bo'lagi xalos.
Asta-sekin yana davom etamiz.
Unutmang eng buyuk shaxslar eng birinchi o'rinda ma'daniyatga erishgan kegin qolganiga.

G.r Admini Tayyorladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bazi odamlar shu darajada xudbinki... Ular o'zining oltindan qimmat vaqtini birovlarning vaqtini olishga sarf etadi, essiz. VAQT BU- eng yaxshi shifokor va eng yaxshi ustozdur. MING AFSUS u o'z bemorlari va o'quvchilarini UMRIGA asta sekin ZOLIM bo'ladi. Vaqtning xaqiqiy narxi qilinajak buyuk va samarali ishlar bilan belgilanadi. Shu soniyadan boshlab vaqtingizni behuda sarflameng. Vaqtingizni olganim uchun uzur.
Xurmat bilan g.r admini tayyorladi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



AQLLI BO'LISHNI XOXLAYSANMI?, O'ylab gapir, diqqat bilan tingla, , xotirjam javob ber va oxirgisi, gapiradigan gap qolmagan bo'lsa, ortiq gapirma.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Odam bexosdan telba bo'lishi mumkun, bexosdan boyib ketishi xam mumkun, bexosdan xarnarsa bo'ladi, LEKIN XECHKIM XECH QACHON BEXOSDAN AQILLI BO'LMAYDI! (o'qish, o'qish, o'qish k.k
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Millioner bo'lish uchun nima qilish kerak? -pul topish kerak. Pul topish uchun nima qilish kerak? -ishlash kerak. Ishlash uchun nima kerak? -diplom kerak. Diplom uchunchi?- O'QISH KERAK. Demak o'qish biz uchun birinchi galdagi eng muxim pog'ona. Xar qanday xolatda ham bilim bo'lmasa xoh sportchi bo'ling xoh oddiy shafyor siz kerakli pog'onalarga yetolmaysiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bobomning bir nasixati meni millioner qildi. "Qanday bebaxo maslaxat edi?" Bobom aytar edi: "Sen ikki narsan o'rni-o'rniga qo'yma. Bu- dam olishni ishlash o'rniga qo'y, yani ishlayotganingda o'zingni "dam olyapman" deb ishontir. Dam olayotganingda esa juda og'ir va o'zing eplay olmaydigan ishni qilayotganinga o'zingni ishontira ol!" Ushbu nasixat asnosida xayot qurdim va juda qisqa vaqt ichida ilk millionimni ishlab topdim. Muloxazangizni kutib qolamiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Men Andijonni markazidan 2 chaqirim chetroq mahallada yasheman. 30-dekabr kuni tongda onam necha kundan beri takidlayotgan uyimizda xar yili bong chaladigan kotta soatni olib shaxar markaziga bormoqchi edim. Kiyimlarimi kiyar ekanman sovuqligi sabab uzun paltoyimi kiydim onam ko'chadan gugurt olib kelishim kerakligini xam aytdi. Yangi mashinami sirpanchiqda xaydagim kelmadi. Eski priseplik 21 volgani minib markazga yo'l oldim. Soatni tamirlatib qopga soldim, yo'ldan gugurt olmoqchi bo'lib xo'zmakka kirdim. Oddiy gugurt yo'qligi uchun katta-katta xo'jalik gugurtni oldim. Endi mashinaga kelayotganimda voqeami eng qiziq joyi boshlandi.
Ikkita shaxar zo'ravon kachoklari uzun paltolik maxsi kovush kiygan kaminani yo'lini to'sishdi. Odatdagidek ular gugurt so'rashdi, naqd bir qarichlik xo'jalik gugurtini uzatdim, ular kulimsirab bir-biriga qarashdi, kegin soatni so'rashdi men qopdagi kotta uy soatini ko'rsatdim...
Ular xayron edi.
Men xotirjam uzuun priseplik eski volgaga chiqib ketayotganimni ko'rgan zo'ravonlar xushidan ayrilgandur.[color=blue][/color]
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b]...Xullas ushbu gal xalqimizning
sevimli
xonandasi estrada yulduzi XIT
paradni doimiy
yetakchisi.... AMMALABXON KOTARILDIEVA
bilan
suxbatlashish baxtiga muyassar
boldik. U qizni izlab-izlab "SOQQENG
BOLSA YOZAMIZ"
STUDIYASIDAN TOPDIK"

Bashang
kiyingan xar qancha
shpakilovka
tortsa xam yoshi 50 larni
bildirib turgan
xonanda bizni intervyu
olishimiz uchun 2 soat
va 500$ pulini umuman
ayamadi...

- assalomu aleykum ilk savolim
(maqsadga
utib qoya qoldim chunki duxisini
isiga turib
bolmasdi) oila muximmi yoki
sanat?

- albatta oila chunki oila bilan
qoshiq etsez
koproq pul topasiz.

- sanatga qanday kirib qoldiz?

- tooogrisi erimdan
ajrashganimdan kegin,
pulsiz qoldim uyni jixozlarni
sotib boldim,
sotish navbati..( shu payt
xonandani telefoni
jiringladi) "alooo xa begim???
albatta boraman
u siz xam zerikib turgandim...
nima??? xa usha stapkada
jonim... albatta faqat toyni
utkazgandan kegin..." ( goshaki
qoyib )
nima degandiz???

- Xech narsa... navbatdagi
savolim,
farzandingiz xam qoshiq
etvotgan ekan
bundan kongliz toldimi?

- xa albatta kordizmi klipini
juda ajoyib
kanalga berdim 2000$ ga bir oy
xar kuni 6
martta qoyishadi.

- konsert rejalariz bormi ?

-- xa xudo xoxlasa turkiyada
beraman, bu
yerda bersam odam kam.

- ustozlariz kim?

- xooop SOTIBXON
MASHXUROVA, VA
QIMMATBEK QO'SHDIEVICHLAR.

- Hayotdagi shioringiz?

- Sevgim kelaverar yangidan
yangi.

- Albomlarizi nomlarini etib
berolismi?

- voy haaaaa albatta... Birinchi
albomim bundan uch oy avval
chiqqan "sms yoki mms"
ikkinchisi "vam zvanili"
Uchinchisi "kunduzi bolmidi".

- voy boldi yetadi raxmat,,,
qoshiqlariz har kuni premera
boladi bu kimi sharofati?

- albatta uzimi chunki
kompyuterni yaxshi
tushunaman.

- eng yirik xomiyiz.?

- "KayfaMedia" hamda Adobe
audistudio, va Botirakam,
Solohidinakamla,
kiyovim Baxrom akam,
Rustamakam, Shoxjahonakam,
Begzodakam , Avazbek..

- Sizni qoshiqlarizi hammasi
deyarli bir xil... Nega shunaqa
balkim burulish yasash
kerakdur ijodda?

- Ustasiga farqi yoq deyishadiyu
shunuchuuuun burulish ham
shartmas.

- Muxlislarga tilaklar? ( ortiq
gaplasha
olmadim)

- DOIM SOG VA BAQUVVAT
MUXLISLARIM
KOPAYAVERSIN,, PULI BOLSA XAR
DOIM
XIZMATIDAMAN... Sherlar.uz
saytigayam omad.. Shu
janob-prikolni umri uzoooq
bosin raxmaat ...

Suxbatni orasida xonanda men
uchun uyatli
qiliqlarni ko'p qildi jumladan
oyogimni bosdi
vaxokazo...

Etibor uchun raxmat xammasi
xazl
kimlargadur tegib ketgan bolsa
ming bor uzur
xurmat bilan
janob-prikol.
[/b]
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0