Главная » 2015 » Декабрь » 23 » Yangi yil haqida she'r (qo'shiq uchun)
20:21
Yangi yil haqida she'r (qo'shiq uchun)

[b]Yurtimga xush kelding yangi yil.
Ey do'stim bu kunga shukirlaring qil.
Yangi yilda yangi maqsadlar.
Orzulardan yorishsin bu dil.

Shukir qil sog'lomsan och ham emassan.
Yurting tinch, bezovta g'amlar yemassan.
Tilaklar amalga oshmaydi.
Agarda Vatanim tinch bo'l demasang.

Baxtliman, hafalik aslida nechun?
Tilaklar qilayin Vatanim uchun.
Yangi yil ham o'tsin tinch va osuda.
Bundan ortiq baxt yo'q men uchun.

Omon bo'lsin Bobom elim baxtiga. (YANGI YIL HAQIDA SHE'RLAR)
Yarashib turadi yurtim taxtiga.
Fasod qilma nokas baribir.
Teng kela olmaysan bizdek baxtliga.

Yangi yilda yana yangi tilaklar.
Birlashsek bo'lamiz kuchli bilaklar.
Yangi yil muborak harbiylarga ham.
Sizlar bor xotirjam urar yuraklar.

Tabrigim bor yana dexqonlarga ham.
Sizlar bor dasturxon bilmas nima kam.
Mo'l-ko'l xosil oling yangi yilda ham.
Doim sog'lom yuring har doim bardam. (YANGI YIL TABRIKLARI)

Ushbu yil atalgan onajonlarga.
Shirindan shirinroq bolajonlarga.
Tilagim sog' bo'ling, va birga bo'ling.
Xar doim tinch totuv hayot kechiring.

Doim olg'a yuring qoqilmay.
Yurakdan chiqmoqda aytgan xar so'zim.
Xarid qilingan buyum, qolmas sotilmay.
Yangi yilda omad! Tadbirkor do'stim.

Sizlarga xurmatim cheksizdur, buyuk. (YANGI YIL UCHUN)
Tazimdaman kasbiga vafodorlarga.
Allohim xuzrida bo'linglar suyuk!
Yangi yil muborak shifokorlar.

Ushbu she'rni yozdim siqqancha haddim.
Sizlar bo'lmasangiz yozolarmidim.
Tabrigim qabul qiling yangi yil bilan.
Mo'tabar ustozlar, aziz muallim.

Tinch yashash sana'tdir shunday yillarda.
Siz mening shifoyim, siz mening dardim.
Qoqinmang xechqachon xayot yo'llarda.
Bayram qutlug' bo'lsin, duogo'y halqim!!!

Xurmat bilan. Shoxjaxon Dexqonov! (janob-prikol)
Категория: SHERLAR | Просмотров: 3260 | Добавил: janob-prikol | Теги: yangi yil haqida she'rlar, Bayram tabriklari, yangi yil 2016 statuslar, yangi yil | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar