Главная » Статьи » SHERLAR » XAYOT HAQIDA SHERLAR | [ Добавить статью ] |
В категории материалов: 25 Показано материалов: 1-25 |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Armonlar xayotga halal bermaydi. Xotirani ortimga tashlab. Yurakdagi so'zim birov bilmaydi. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Unutaman barcha-barchasin. Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab. Qulflab qo'yaman yurak darchasin. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Qo'l siltab yorimning ohu zoriga. Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab. Sabrimni sarflab umr boriga. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki. Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab. Zora shunda sendan qutilsam, balkim. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib. Bir umur o'zimni o'zim ayiblab. Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Hudoyim bergan-ku axir toqatdan. Bevafo qizlarni aldayman boplab. Qasdimni olaman har kun xayotdan. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab... Yetgunicha umur yetguncha toqat. Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab.. Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat. Sevgisiz yashayman bugundan boshlab... Muallif: Janob-prikol 01.01 2015 yil | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Menga farqi qolmagan. Nimalar deyishi ortimdagi til. Kim men bilan, kimlar begona. Endi menga hammasi bir xil. Janob-prikol | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Shukurlar qilmadim boriga. Doim olg'a intilaverdim. Quloq xam solmadim onam zoriga. Men dunyoga qul bo'lgan edim. Boylikni xoxlardim, boyib ketishni. Unutib otam qabrin ziyoratini. Ustasi edim, mushkul yechishni. Unutib dinimni diyonatini. Oqibatda asablar charchab. Xayot yo'llarida toyilib ketdim. O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab. Yolg'izlik degan, bir makonga yetdim. Meni sevganlarni qadrini bilmay. Meni sevmaganni qadrladim men. Sevganimga bitta gul tutmay. Kimlargadur, bog' yaratdim men. Oqibatda yuragim charchab. Hissiz xayvon tusiga kirdim. Bir tomchidek mehrga chanqab. Qadrdonlar qadrini bildim. Dostlar xam ketdilar birma-bir. Ketdilar xammasi yiroqlab. Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib. Qon yurakni battar qiynoqlab. Yiroqlab ketyapman o'zimdan. Farishtalar ketmush ko'zimdan. Tongdan to, tungacha nasixat bermay. Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan. Masxaraboz, qilaman ermak. Kulaman, yurakda tubanlik yotar. Aytgan gaplarimni xammasi ertak. Menga qayerdadur burilish kerak. Xayotdan to'ymadim, lek xayot to'ygan. Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan! Baxtu omad menga qovog'in uyib. Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan. Tugamoqda xammasi asta. Sabr, umid, xattoki maqsad. Tanam sog'lomu, lekin dil xasta. Tirikmanu go'yoki jasad. Dardlarim bir talay mana ko'ringlar. O'lsam men uchun tutmangiz motam. Iltimos qabrimga yozib qo'yinglar. "DUNYODAGI ENG BAXTSIZ ODAM. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Oh bunchalar o'rtanma qalbim, Senga taskin bera olar kim?! Azoblardan kuymagin aslo, Quvonish ham yaqindir balkim! Kechir asli seni shu holga, Solgan o'zim, gunohkor o'zim, Axr men ham nima qilayin, Nohaqlikdan bityapti to'zin! Qalbim faqat sen oh chekmagin, Sen oh cheksang, ojizdir tanim Adolat deb kurashgum abad, Sen tinch bo'lsang sokindir tanim! | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Dili yo‘qning puli bor, Puli yo‘qning dili bor, Bu dunyoda do‘stlarim, Har kimning o‘z yo‘li bor. Oshiqqa may kerakdir, Hofizga nay kerakdir, Mayli yarim bo‘lsa ham, Osmonga oy kerakdir Dononing naqli bordir, Oqilning aqli bordir, Besabab otmaydilar, Toshning ham narxi bordir . Yozda ham qorni ko‘rdim, Masjidda dorni ko‘rdim, Sovuq demang tog‘larni, Ichida g‘orni ko‘rdim . Bozorni shayton qurdi, Mozorni iymon qurdi, O‘z qabrini qazganni, Ayting do‘stlar kim ko‘rdi. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari. Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi. Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz? Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi? Saytimizda moderator bolmoqchimisiz? ZAKAZ she'r kerakmi? Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz. Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi. Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz. Men har biringizni kutaman... | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Dunyoni qizg'anma mendan, azizim, Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq, Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim, U sening kulbangdan juda ham yiroq Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Tuxumdan chiqdiyu keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon otdilar Tashlandiq ushoq eb o'tadi kuni Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha Va mudroq tollarning achchiq xazoni Menga alam, qilar tilla baliqcha Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni.. Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Tabiat kimga ko'p yo oz beribdi, Kimgadir xalacho'p yo soz beribdi, Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga Tengi yo'q shohona ovoz beribdi. 1987 y Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Qadimdan bir gapni uqtirar hayot: Mard bo'lsang, o'z to'g'ri yo'lingdan qolma. O'ladigan bo'lsang o'z go'ringda yot, Birovning mozorin egallab olma. 1987 y Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Bir dono bazmini guvohi bo'ldim, Shodumon davrada o'ynadim, kuldim. Bazmini boisin so'rasam, dedi: Bugun men nodondan qochib qutuldim Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Zamin aylanadi, chiqadi quyosh Hargiz kibr bilan ko'tarmagin bosh. Oyoq ostingdagi xarsangni tepma, Balki haykal bo'lar senga o'sha tosh. 1982 Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Hato haqida sher xato haqida wer, sherlar. Xato Shundaylar bor,senga lutf aylab, Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar. Lekin har zum qadaming poylab, Xato qilishingni kutarlar. Xato qilsang, ularga bayram, Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar. Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham, Xato qilishingni kutarlar. Xatolaring kerak ularga, Shox novdangni darhol butarlar. Tag'in kunni ulab tunlarga, Xato qilishingni kutarlar. Axtarurlar hamisha illat, Etti pushting go'rin titarlar. Faqat unma, ulg'ayma faqat, Xato qilishingni kutarlar. Ular senga bir umr yo'ldosh, Sodiq hamroh kabi o'tarlar. Qabring uzra egsalar ham bosh, Xato qilishingni kutarlar. Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Dunyo haqida wer Sherlar sher, dunyo xaqida she'rlar, дуне хакида шеьр, дуне хакида шерлар Dunyoni g'alati yo'rig'iga boq, Kimga aysh tashnayu, kimga dor mushtoq. Lekin hammasidan ma'no bittadir: Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq 1991 yil Muallif: Abdulla Oripov | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Tarqatilgan xayot kartasi. Nomalumdir uning ertasi. Qiziq emas bizga o'rtasi. Xor qilmagin oxirimizni. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Hαуσtιm bιr zαуl dανσm εtmσqdα, Turlι hαуσllαrdαn bσѕhιm qσtmσqdα. Kσ'ρchιlιk jσnιgα tεkkαn bσ'lѕαmdα, Bιlαmαn kιmlαrdιr mεnι kutmσqdα. Yuzιmnιng kulguѕι dαrdιm уαѕhιrαr, Tαqdιr ѕιnσνlαrι αqlιm ѕhσѕhιrαr. Hαttσkι chιn dσ'ѕtιm tαѕhνιѕh σѕhιrαr, Mεnι уαqιnlαrιm tαѕhlαb kεtmσqdα. Endι qαуgα ιzlαb bσrαуιn ραnσh, Aуtgιn Yαrαtgαnιm qιldιm nε gunσh. Yσlg'ιz σnαjσnιm chεkmσqdαlαr σh, Mεnιng bιr kunιm hαm уιldεk σ'tmσqdα. Sενgι σtαѕhιdα yσnιb hαm kσ'rdιm, Xιуσnαt nεlιgιn ѕhundαn ѕσ'ng bιldιm. Bugun σ'z σ'zιmgα hulσѕα qιldιm, Mεnιng tσmιrιmdα αlαm σqmσqdα.. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Man shunday bir odammanki O'zni topmay sarsonman Man shunday bir odammanki Gox u, gox bu tomonman Man shunday bir odammanki Bir yaxshi, bir yomonman Man shunday bir odammanki Ne sababkim omonman Man shunday bir odammanki Rostim bor, lek yolg'onman Man shunday bir odammanki Dard bog'iga bog'bonman Man shunday bir odammanki Yo'lga chiqqan karvonman Man shunday bir odammanki Manzil bilmas sarbonman Man shunday bir odammanki Yurakka dard solg'onman Man shunday bir odammanki Shu gard birla qolg'onman Man shunday bir odammanki Qaro yerday osmonman Man shunday bir odammanki Gul ko'ringan somonman Man shunday bir odammanki Aqli raso nodonman Man shunday bir odammanki Shaytonga qadrdonman Man shunday bir odammanki Yondirar saratonman Man shunday bir odammanki Sovuq qish qaxratonman Man shunday bir odammanki O'zni kutar qopqonman Man shunday bir odammanki Xech otilmas vulqonman Man shunday bir odammanki Xech to'zg'imas bo'ronman Man shunday bir odammanki Tinchiy olmas to'fonman Man shunday bir odammanki Zug'umkor mexribonman Man shunday bir odammanki G'am qasriga sultonman Man shunday bir odammanki Topilmas xar zamon man Man shunday bir odammanki Nechun tirik hamon man Man shunday bir odammanki Tomchiga zor ummonman Man shunday bir odammanki Aniq, ravshan, gumonman Man shunday bir odammanki Javobi yo'q so'rovman Man shunday bir odammanki O'z yoriga birovman Man shunday bir odammanki Boshlanmagan tamomman Man shunday bir odammanki Adog'i yo'q davomman Man shunday bir odammanki Goxi dard, gox darmonman Man shunday bir odammanki Kimlargadir armonman Man shunday bir odammanki Sarg'aymagan xazonman Man shunday bir odammanki Ko'ngli yarim insonman Man shunday bir odammanki Tingan qo'zg'olonman Man shunday bir odammanki G'ishtlari hom qo'rg'onman Man shunday bir odammanki Jimjit shovqin suronman Man shunday bir odammanki Egasi yo'q Turonman 13.10.2012 | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Man saxroda bir daraxt, Suv icholmas ildizman, Bir o'zim juftsiz karaxt, Ox, sansiz man yolg'izman. Yakka qolgan orolday, Sohili yo'q dengizman, Qaddi bukilgan tolday, Ox, sansiz man yolg'izman. Bog'manki bir tikonli, Bahorin quvgan kuzman, Yuragi to'la qonli, Ox, sansiz man yolg'izman. Qayta yonmagay shamday, Hatto qolmas bir izman, Ortiqcha dardu-g'amday, Ox, sansiz man yolg'izman. Soniyalik umri bor, Zumda uchgan yulduzman, Yor yo'liga intizor, Ox, sansiz man yolg'izman. Tonggi otmas tong, saxar, Quyoshi yo'q kunduzman, Ichgan suvlarim zaxar, Ox, sansiz man yolg'izman. Oy yuzli, ko'zi shaxlo, Qoldim zebo yorsiz man, Xoru-zor, baxti qaro, Ox, sansiz man yolg'izman. Yo'qdir maqsad yashashdan, Jon bermoqqa xozir man, Bu hayotda adashgan, Ox, sansiz man yolg'izman. Borligida madorim, So'z aytay bir og'iz man, Qaytmas endi bahorim, Ox, sansiz man yolg'izman. Yashamoqqa xushi yo'q, Tirnalar bir tig'siz man, Ko'ray desa, tushi yo'q, Ox, sansiz man yolg'izman. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
SOGINCH Titroq lablarimda nomingiz aytib, Dunyoni unutib sizga talpindim. Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib, yurak- yuragimdan sizni sog'indim. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
SOGINCH Titroq lablarimda nomingiz aytib, Dunyoni unutib sizga talpindim. Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib, yurak- yuragimdan sizni sog'indim. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Мақтов кимга ёқмас, кўнглинг тўлдирар, Мақтов - ширин оғу, ширин ўлдирар. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Ҳаёт жоми ичра оқамиз Гоҳи хурсанд, гоҳида вайрон, Теваракка ҳайрон боқамиз, Теваракни қолдириб ҳайрон. | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q, Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q, Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q Bo'lar bo'lmas qo'ng'iroqqa xushim yo'q deb, Ming tashvishga mening o'nta boshim yo'q deb, Noliyvermang, charchadim deb ishim ko'p deb, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! Sochma do'stim bo'lar bo'lmas asabingni, Kimdir ko'zlab turgan bo'lsa mansabingni, Ichingga yut jahl kelsa g'azabingni, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! Puli boru, do'sti yo'qlar nima qilsin, Ko'zlari och qorni to'qlar nima qilsin, Yillab zanglab yotgan o'qlar nima qilsin, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! Sendan yoshmi, yoki keksa ish buyursin, Xizmatin qil, ishi bitib qandin ursin, Ikki qo'ling shu ko'ksingda doim tursin, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! Sakson to'qson yoshingda ham o'rning bo'lsin, Yaqinlaring siz keraksiz menga desin, Shunday yasha yoshu keksa g'aming yesin, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! Ishi bitgach, rahmat aytib ketmasa ham, Qayg'urmagin, Ahad Qayum chekmagin g'am, Barin ko'rib tiribdiku qodir Egam, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q. Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q, Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q, Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt, Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q! | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |
Daftarim chetida g’alat hoshiya; Eslay ololmayman nega qo’yganim. Bir quvnoq kunimdan balki xotira? Balki belgisidir ilk bor sevganim? Balki do’stlarimning achchiq hazilin, Hazm qila olmay qo’yganman uni? Balki hayotimning silsilasini, Yozgartirmoq bo’lgan maqsadim kuni? Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib, Hayotdan to’yganim nishonidir u? Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib, Ifodalab qo’ygan bir ajib tuyg’u? Daftarim chetida bu g’alat chiziq. Ne bo’lsa ham uni eslab yuraman. Shirin orzularim ro’yosin tuzib, Faqat baxtdan deya umid qilaman | Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0 |