Главная » 2015 » Декабрь » 10 » Sharobingdan quy! (mastlikda yozilgan she'r)
17:40
Sharobingdan quy! (mastlikda yozilgan she'r)

Sharobingdan quy kosagul.
To'ldirib quy, to'lgan sabrimdek.
Men bir rasvoman, xurmati bir pul.
G'oliblik yarashmadi, yashay taslimdek.

Sharobingdan quy kosagul.
Kel o'zing ham birga ichamiz.
Dunyo ishlarini bir chekkaga sur.
Alamli biror bir qo'shiq aytamiz.

Sharobingdan quy kosagul.
O'tmish uchun bo'kib ichamiz.
Kelajakni o'ylamasdan tur.
Avval o'tmishimni bir unutamiz.

Bo'lsa bordir elitdi mastlik.
Pardalar yechildi, boshlandi rostlik.
Yolg'on dunyosidan to'yganman juda.
Men ham to'g'rilikdan bo'lganman judo.

Sharobingdan quy kosagul.
Xechqisi yo'q, mast bo'lib qolsam.
Menga endi hammasi bir pul.
Nima farqi qoldi? O'lsam, o'lmasam.!

Sharobingdan quy kosagul.
Ulfatim yo'q sendan tuzikroq.
Ulfatlarim ko'nglida tugun.
Har bir qadamimga qo'yishar tuzoq.

Sharobingdan quy kosagul.
O'shal armon yor uchun ichay.
Qanday unutayin men uni butkul?
Osilsam uzilgan dor uchun ichay.

Sharobingdan quy kosagul.
Ustiga quy do'stlik ahdini.
Do'stlarimni unutay bir zum.
Menday xechkim bilmas, chin do'st qadrini.

Sharobingdan quy kosagul.
Mast bo'lib borayin uyimga!
Ko'yli tor emasman lekin.
Yashash sig'mayapti ko'nglimga.

Sharobingdan quy kosagaul.
To'ldirib quy, to'ygan ko'nglimdek.

Muallif : janob-prikol
Категория: SHERLAR | Просмотров: 6234 | Добавил: janob-prikol | Теги: sharob haqida, aroqq, may haqida | Рейтинг: 2.0/13
Всего комментариев: 1
avatar
0
3 rameo_19_89 • 23:03, 20.12.2015
zor ekan
avatar