Главная » Статьи » SHERLAR » SEVGI HAQIDA SHERLAR 2014 2015 [ Добавить статью ]

В категории материалов: 46
Показано материалов: 1-46

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам


XURMATLI DOSTLAR

STATUSLAR YOQAYOTGAN BOLSA
KLASS BOSING.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 2



Vidolashuv!
Jim turgin ko'zinga to'yib olayin.
Yig'lama azobdan, yuragim ezib.
Jim turgin so'ngi bor o'lib olayin.
So'ngi uchruvdur, turibman sezib.

Jim turgin iltimos hiyonatkorim.
Ortiq yashamoqqa yetmas imkonim.
Sen ham oxirgi bor qarab ol menga.
Kegin yo'q bo'ladi mening timsolim...

So'rama holimni, gapir o'zingdan.
Gapirib ber hotiralarim.
Yuragim yorilib ketsin so'zingdan.
Qolmasin qalbimda dardli alamim.

Men senga munosib yashay olmadim.
Seni ko'p ranjitdim kechir sevgilim.
Seni O'zgalardan asray olmadim.
Seni baxting uchun fido bu umrim.

Jim turgin malikam jimm mahmadonam.
Labinga, sochinga to'yib olayin.
Mening mehribonim, mening eng soddam.
Jim turgin, qarshingda o'lib olayin.

Muallif Janob-prikol 2013-yil
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Севгига дард қўшиб куйлаганимда,
Кўнглим сендалигин сезиб яшайсан.
Тунлари яширин йиғлаганимда,
Биламан, сен мени севиб яшайсан.

Балки ўладирман сендан аввалроқ,
Келмасанг майлига ёдингга олиб.
Уйғонишимга халал берсада тупроқ,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Бахорлар ўтади, ўтади йиллар,
Қалбингга бир ҳузур топади йиллар.
Ўшанда бизлардан қолса кўнгиллар,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Қабристон ичида кутиб яшайман,
Гоҳида бориб тур онамни олиб.
Мен билан сухбат қур соатлаб қолиб,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Йўлдош Ишқий.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xislarim ichimga yutib yashayman.
Yuragimdan chiqmaydi oh-voh.
Lek sensiz qandayin baxtli yashay man?
Sensiz yashamoqlik emasmi gunox?

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



ЎРИНБОЙ ШЕРҒОЗИЕВИЧ РАҲМОНОВ (1910-1980 йиллар)

Ўринбой Раҳмоновнинг (Айнил Қамар) шеърларидан намуналар.

Бевақт вафот этган катта ўғлим Раҳмонжонга бағишлайман.
РАҲМОНЖОН №1 (Дугох 5 инжи)
Оҳ!!! Ким қилди фалак, сиз жону-жонимдан жудо,
Кўз қувончиқ дилни тори меҳрибонимдан жудо.
Оҳ!.. нечук чоғ эрди ул шомий чироғимдан жудо,
Айрилиқ этмиш эзиб гул ғунчалоғимдан жудо.

Ота-онанг ҳам ором топмиш эди бўлсанг омон,
Дарду ҳижрон қўймади пушти-панохимдан жудо.
Бўлди меҳмон Раҳмонжон жонини айлаб армуғон,
Мен ўлсам кошки гул бўталоғимдан бўлмай жудо.
Ўринбой Раҳмонов, Ўш шаҳри, Қирғизистон
| Kiritdi: | | Fikrlar: 0



[b]Mana, yana senga keldim yuzma-yuz,
Munis ko'zlaringda hamon o'sha zeb.
Ko'zlarimga boqib so'rading beso'z,
-Mensiz qanday qilib yashayapsiz deb.

Baxtliman, ko'ksimda havas bir talay,
Ba'zan yozishimni aytmaganda she'r.
Nega o'ksinayin, qara, harqalay,
Boshida ko'tarib turibdi-ku yer.

Bejizmas hilolning yuzdagi dog'i,
Tunlar u dardlarim yelkalayapti.
Kunduzlar ko'zlaring sog'ingan chog'im,
Ko'kda quyosh meni erkalayapti.

O'ylaysan, hayotdan bo'lganman judo,
O'ylaysan, dunyoning kuyukligiman.
Axir sevganiga dard berar Xudo,
Sensiz ham Xudoning suyukligiman.

Ketaver, sensiz ham yashayveraman,
Sensiz ham kun botar, yorishar nahor.
Oltin kuz xazonin yoqar sensiz ham,
Sensiz ham gul ochib keladi bahor.

Ket endi, etmagin qonimga tashna,
Alvido yo'limga tutashmagan yo'l.
Yashasang mendan-da baxtliroq yasha,
Agar o'lar bo'lsang mendan keyin o'l.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



YAXSHIMAN...
"Yaxshimisiz?" Deganingda sen.
"Yo'q yomonman!" degim keladi.
Xajringda xar kuni o'lgan
yurakni.
Senga atab bergim keladi.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen...
Alamdan, ajabdan kulib
yuborgum.
Sensizlik xar laxza jonimni olar.
Shu kunda qandayin yaxshi
bo'lolgum?

"Yaxshmisiz?" deganingda sen.
Faryod solgim kelar yurakni
mushtlab.
Hol so'rashing xaqoratga teng.
"YAXSHI" deyman, zo'rg'a,
amallab.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen.
Bor dardimni aytgim keladi.
Harob bo'ldim sendan kegin
men.
Yana senga qaytgim keladi.

Janob-prikol 02.08.2014 y.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'z yoshingni artolmayman.
Men kettim, qaytolmayman.
Seni orzuyingdagi odamga o'xsholmayman.

Manga xiyonat qilgan.
Qizga stoyka turmiman.
Bog'larda xarpga o'xshab.
Sumkeni ko'tarib yurmiman.

Yo'qol yurak furush,
Bozorini bersin.
Tashab ketish qo'lingdan kegan.
Unutish xam kesin.

To'gri sanga gul tutib.
Kafega kirmaganman.
Za to man sanga o'xshab.
Xiyonat qimaganman.

Birinchi sevgim eding.
Nega xiyonat qilding.
Halixam sevaman deb.
Kecha yaramni tilding.

Na o'zing baxtli bo'lding.
Va mani baxtsiz qilding.
Sevgi UNUTILMAYDI.
Afsus buni kech bilding.

Hatolarim xam bo'lgan.
Javobini san to'la.
O'lganing yaxshi edi.
Bu xiyonatdan ko'ra.

Menga etgan gaplaring.
Boshqasiga xam aytding.
Mani tirik o'ldirib.
Ayt yana nega qaytding.

Endi bizni orzular.
Aylanga armonlarga.
Bebaxo ilk muhabbat.
Teng bo'ldi samonlarga.

O'zing tuzgan o'yinda.
Naxot o'zing yutqazding.
Osmonimizdan baxtni.
Faqat o'zing ketkazding.

Sog'inaman san xaqsan.
Tunlari uxlolmiman.
Uzur bevafo yorim.
Boshqa gap yozolmiman.


Janob-prikol ijodi
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 1



Ko'rganimda tushlar bezovta,
Hatto hayollarim tinchlik bermaydi,
Osoyishta tunlarim hatto,
Seni seviwimni takror so'zlaydi,

Pinhon ekan dilda bu tuygu,
Orzularim nechun tinmaydi,
Hayollarim oģushida mast,
Yana senla yurak yashaydi,


Muallif: Mahbubim. (whatsapdan kelgan she'r)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizga savol ey mehribonim!
Sevgi yo'q desalar ishonarmidiz?!,
Hayot sinovlari bunchalar qiyin,
Kimni sevardizu kimdan ayrildiz,?

Sevgi nima qanday his tuyĝu,
Ayrilganda o'ksinib yiĝlaganmidiz,
Sevgidan ko'zlariz ko'r bo'lib qolib,
Shu yorug' olamni ko'rmaganmidiz,?

Yomgir yogsa zorlanib qarab,
Sevgan insonizi soginganmidiz,
Shirin shirin so'zlarin eslab,
Shu hayolda ovunganmidiz..?

Muallif: Mahbubim (whatsap orqali kelgan she'r)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'zga yorga ketding yor bo'lib.

Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.
Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
Janob- prikol 29.10.2010)
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Balki siz hech qachon meni sevmassiz, Lekin uzoqlashib qayga ketaman?!
Bugun orzularning bo‘yidan mastsiz,
Men esa sevishda davom etaman!

Siniq oy har tunda tig‘ini charxlab,
Nur uchun jonimni qilganda ta’ma,
Olis-olislardan turib, erkalab
Men sizni sevishda davom etaman...

Quyosh - yer yuzining musavviridir,
Uni deb bo‘y cho‘zar dunyoi-chaman.
Nomimni toptasa qachondir, kimdir,
Shunda ham sevishda davom etaman!

Sovuq qish ortimdan etganda ta’qib,
Suv bo‘lib tog‘larga singib ketaman.
Bir kun poyingizda jilg‘adek oqib
Men sizni sevishda davom etaman!

Do‘stu-dushmanimga bildirmaymanu,
Sizning qoshingizda boshim egaman.
Sizni sevmoqlik bu - eng ajib tuyg‘u,
Siz borsiz - sevishda davom etaman!

Balki siz hech qachon sevmaysiz meni,
Sizdan ko‘ngil uzib qayga ketaman?!
Taqdir keltirsa xam kulfat boshimga neni
MEN SIZNI SEVISHDA DAVOM ETAMAN!!!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Assalomu alaykum hurmatli saytimiz foydalanuvchilari.
Mana ko'rib turgan va siz sevib foydalanayotgan saytingiz bugun roppa rosa 1 yoshga to'ldi. Shu munosabat bilan. Kamina janob-prikol sizlar bilan aloqaga chiqadi.
Saytimizga siz xam sher yoki status va turli xikoyalar qoshmiqchimisiz?
Saytimiz uchun qiziqarli loixangiz yoki taklifingiz bormi?
Saytimizda moderator bolmoqchimisiz?
ZAKAZ she'r kerakmi?
Shu bilan birga oyiga 100$ evaziga psixolog va ingliz tili o'qituvchilari ni ham SAYTGA ishga olamiz.
Barcha savollarga kamina janob-prikol odmoklassnik orqali javob beradi.
Ok. Rus da janob prikol bilan bog'lanishi uchun SHUNI BOSING
Yoki odnoklassniki orqali SHoXjaxon DeXqonoV deb qidiruv bering topasiz.
Men har biringizni kutaman...

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sen öylaysan ranjitdim uni,
Endi mensiz unga tor jaxon,
Eng yomoni bilmaysan shuni,
SEVMAGANMAN SENI HECH QACHON!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Бахтим билан уришиб қолдим.
Сабаб, омад мени тарк этди.
Армон билан севишиб қолдим.
Сабаб орзу мени рад этди.



muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



DIQQAT DIQQAT. RASSIYADA ISHLOVCHILAR. PATENT OLISH UCHUN YANGI QONUNDAN HABARINGIZ BORMI! PATENT OLISH UCHUN IMTIXON SAVOLLAR
SIZNI O'YLANTIRYAPTIMI?
SAYTIMIZ SIZGA IMTIXONDAN YANI RUS TILI QONUNI TARIXIDAN TUSHADIGAN SAVOLLARNI TAXMINIY KO'PIYASINI TAQDIM ETADI TESTLARGA O'TISH UCHUN shuni bosing TESTLAR
SAYTIMIZDA QOLING HURMAT B.N JANOB PRIKOL
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Olisda bõlsada xayolim olgan,
Qalbimga qandaydir tuyg'ular solgan,
Siz bilan hamisha shodlik quvonchim,
Olisdagi kõrinmas sirli yolg'onchim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xazon barglarin terib behol,
Armonlarim boshin silayman.
Menga nasib etmagan baxtni,
Yoring bilan senga tilayman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Jonimga malham yo'q so'zizdan bo'lak,
Borlig'im aks etgan ko'zizdan bo'lak.
Dunyoni unutay hamrohim bo'ling,
Hech narsa kerakmas o'zizdan bo'lak!
*****
Уртаниб сен мени севмайсан дема.
Мен сени севаман жону-дил билан.
Дил билан севаман лекин ранжима.
Айтиб беролмайман уни тил билан.
*****
КУЛСАЛАР МЕН ОШУГУ ЗОРГА.
КУНГИЛ БЕРМОК ГУНОХИМ ЁРГА.
ОСАЛАР ХАМ 1000 ТА ДОРГА.
ЯНА КАЙТИБ СИЗНИ СЕВАРДИМ
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Vijdoning og'riydi etayotib rad.
Xuddi aybdordek yerga qaraysan.
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot.
Sevolmayman deysan uzr so'raysan.

Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq.
Tilida chaynalar qarg'ish xitobi.
Ey xudo bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi.

Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib.
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan.
Yuraging pinjida yashab biroving.

Ko'zingning oqiyu qarolariga.
Solarkansan yakka suyukligingni.
Sen pisand qilmagan bechoralarga.
Bilmaysan qanchalar buyukligingni.

Kipriging torlarin chertadi yomg'ir.
Qo'lingda titraydi tunlar xitobi.
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Men Sizni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Siz tomon suzaveraman.
Men Sizni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.

Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.

Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo'msar takror va takror...

Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.

Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.

Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.

Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Titroq lablarimda nomingni aytib,
Dunyoni unutib senga talpindim
Har kuni ko'rmasamda, ko'zlarim yumib,
Yurak - yuragimdan seni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tun cho'kib borliqni domiga yutdi.
Kimdir meni eslab kimdir unutdi.
Yuragim eridi shirin tush kabi.
Sizni o'ylab-o'ylab bugunham o'tdi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qo'limda pichoq o'ylayapman,
Ko'zimga yosh olib
yig'layapman.
Meni sog'inibdi deb o'ylamang,
Men shunchaki piyoz
to'g'rayapman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Kulganimga iwonmang,
Dilda qayg'u bir talay.
Dardlarimni yengaman,
Kulib-kulib har qalay.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizni unutmoqqa urindim ming bor.
O'zni chalg'itmoqqa nelar qilmadim.
Aslida men kimman bir ko'ngilga zor.
Ayting ko'nglingizga nechun sig'madim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni sevolmasang senga ginam yo'q,
Mensiz bahtli bo'lsang meni ko'nglim to'q,
Faqat yuragimni kuydirar bir cho'g,
Nechun indamading? nechun aytmading?

Mayus nigohingda mano bormidi?
Yuraging o'zga bir yorga
zormidi?
U ham visolingdan umidvormidi?
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Bugun ko'zlarimga tor bo'ldi dunyo,
Yo'qoldi dilimni yoritgan ziyo,
Uni mendan ortiq sevganmiding yo,
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Achchiq qismatmi bu alamli taqdir,
Meni sendan o'zga quvonchim yo'qdir.
Seni jondan o'rtiq sevgandim
ahir,
Nechun indamading?
Nechun aytmading?

Ko'nglimda yig'lasa bahorim kuzim,
Seni gunohing yo'q gunohkor o'zim.
Ko'z ochib ko'rganim ko'r ekan ko'zim,
Nechun indamading? Nechun aytmading.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Muhabbat nima u? xech bilolmadim,
Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi.
Sevdimu o`zimga lek kelolmadim,

Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi?
Gohida sevinib o`zimdan- o`zim,
Kechalar telbadek mijja qoqmadim.
Gohida aldanib bo`zarib yuzim,

Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim.
Gohida yuragim, gohida u qiz,
Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim.
Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz,

Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim.
Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir,
Zerikdi qalbimda uzoq qolishga.
So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir,

Endi urinmasman ko`ngil olishga.
Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham,
Uzun kechalarda uxlarman beg`am.
Unga baxt tiladim, u menga omad,
Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O menga xayot ber, yashashga imkon,
Baxtning lazzatidan olayin baxra.
O'rgat kurashmoqqa bo'lgin yonma-yon,
Gulzorlar ichida yurayin baxtla.

Tongni kutay entikib to'yib,
Seni kutay orziqib suyib.
O'rgat menga sevay dunyoni,
Qalbga yozay ismingni o'yib.

So'ng uchaylik bulutlar uzra,
Ko'm-ko'k osmon quchsin ikkimiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



АЛАМ
Шу ҳам бизга ғаммикан,
Айрилиқ аламмикан!?
Дунёда биздан бошқа
Бахтиқаро каммикан?!

Мағрур йигит бошимиз
Эгиб кетаверасми?
Бир бор севиб кўрмасдан
Тегиб кетаверасми?

Келинликнинг либоси,
Айтинг, шунча ҳавасми?
Орзулар эҳтироси
Тугадими, абасми?

Ўтиб, балки, кўп йиллар,
Қарғайсизми қисматни?!
Қизингизда кўриб сўнг
Ўша бебош ҳислатни...

Бебош, ўтли муҳаббат
Куйдиряпти бизни ҳам.
Қани энди илитса
Сиз - шошқалоқ қизни ҳам!

Эҳ, етар, бас! Бахтингиз
Топсангиз ҳам ғаммикан!?
Дунёда биздан бошқа
Бахтиқаро каммикан?!

Ўткир Хидиров
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Muxabbatni ko'mdim qalbimga
Bevafoga tushmaydi yo'lim
Mehribonga zor bo'lganinda
Meni bir bor eslagin gulim
Qalb manzili olis bo'larkan
Endi senga yitmaydi qo'lim
Kulmay qolsa agar lablarin
Meni bir bor eslagin gulim
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak,
Yurak yolg`izlikning yagona quli.
Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak,
So`lganida oliy orzular guli,
To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?

Men-ku har narsaga chidamas bir jon,
Kim uchun shubhali totguvchi nonim.
Ulkan davralarda har lahza, har on
G`iybat o`rtasida turganda nomim,
O`lchanib qolganda har bosgan izim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?

Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot,
Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo.
Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot
Eng kichik baxtdan ham etganda judo,
O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Daryo suvin oy baliqlar ichgani yo'q,
Falak sirin hali birov yechgani yo'q.
Gohi ketar
eslaganda alam qilib,
Siz kechdingiz, dunyo
mendan kechgani yo'q.

Har qadamda sevmaganga ko'ngilsiz, yor,
Kech bo'lganda qadrim bilib yig'laaysiz, yor.
Zar azizmi, sevgi
aziz bilmaysiz, yor,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.

Endi yo'qdir yurakka o't yoqishingiz,
O'ylantirar ammo ma'yus boqishingiz.
Baxtli bo'ling, ginam yo'qdir sizga hargiz,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xiyonatning uzun yo'llari,
Tikon ekan bergan gullari,
O'ylamasman endi tunlari.
Ketavering ketsangiz nima.

Gar o'ylasam ko'nglim
buzulib,
Daryo bo'lar dardim cho'zilib,
Osmon axir tushmas uzulib,
Ketavering ketsangiz nima.

Yer yorilmas
suymasangiz xam,
Menga
xech xam kuymasangiz xam,
Mayli qaytib kelmasangiz xam,
Ketavering ketsangiz nima.

Ketmaysizmi samoga uchib,
Yurmaysizmi yulduzni
quchib,
Men baridan
qo'yganman kechib,
Ketavering ketsangiz nima.

Bu jon tanim xijronda emas,
Bevafoni xech ko'ngli suymas,
Aldangan bir mengina emas,
Ketavering
ketsangiz nima.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yulduzlari ichikib qoldi,
Maxzun edi sensiz osmonim.
Sensizlikka ko'nikib bo'ldim,
Qanday ekan mensizlik jonim!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qadrimni bilganni qadrlab o'tay,
Qadrini qadrimdan balandroq tutay.
Gar meni sog'inib qo'ysa bir nafas,
Qabrimga kirguncha sog'inib o'tay!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Seni sevganni sen ham sev,
Tog'da cho'pon bo'lsa ham.
Suymaganga suykalma,
Misrda podshoh bo'lsa ham!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bugun orzularning bilagin ushlab,
Qayg'u va nafratni orqaga tashlab.
Mayli armon qolsin ko'zlarin yoshlab,
Boshqacha yashayman ertadan boshlab!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Мендек севмайди...
Kechiringiz, ishqli nigoh ila endi qaray olmayman,
Ketgan bo'lsangizda sizga yomonliklar tilay olmayman...
Qalbda mehmon bu ishqning boshin ortiq silay olmayman,
Kechiringiz... Avf etingiz unutmoqni istay olmayman...

Borligingiz sevinchim, baxtingiz baxtim,
Sizni sevmog'im bu - eng shirin axtim....
Zaminlarga sochursizmi shu yarim baxtim...
Mendayin noshudni ravo ko'rmang o'zingizga...

Loyiq erursiz to'kis baxtning ulug'iga,
Yurmang zinhor shaytonlarning yo'rig'iga.
Sevgi tuting ko'ngli yarimmas, to'lig'iga,
Ishqingizga yorim zinhor arzimasman men.

Ko'zlarimning gavhari bo'lsangiz nogoh,
Abad kiprigimla asrardim sizni,
Dunyo g'amlaridan bo'lmasdim ogoh,
Umrbod yumib ham yashardim ko'zni...
Gar ko'ksimdagi yurak siz bo'lsangiz,
Tanho men yashashim uchun urib tursangiz...
Shundagina bir qatra ham yig'lamas edim,
Sizdek bebaho yurakni aslo tig'lamas edim...
To'yib qolsangiz bir kun bevafolar makridan,
Quvilsangiz shubha-gumon shahridan...
Aslo cho'chimang Sirli_qizning qahridan,
Shu damda ham u sizni kutmoq ila ovvora bo'ladi,
Qaytsangiz gar - shodliklari to'lib favvora bo'ladi.
Shundagina yarimtagina yuragi bir umrga to'ladi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"SENI SEVGANIM"..
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas qushlar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.

Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



"SEVGI"
Seni bir bor ko’rgandim,
Ko’zlaringga o’rgandim,
Inkor etib sevgini
Seni sevib bo’lgandim.

Isming yozib yurakda,
Bahtim sen bir malakda,
Sen onamga o’xshaysan
Shundan sevsam kerakda.

Dardimga davo sevgi,
Ayrilmas balo sevgi,
Hijronlari qaxraton
Sog’inchi olov sevgi.

Yulduzmas oy yoniga
Sevgi hos tan joniga,
Ushbu kundan aylanding.
Ko’nglim qadrdoniga.

Ey labi qo’qon gilos,
Bo’ylaring bo’yimga mos,
DILDORA qiz NODIRXONga
Endi bildir dildan roz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sog'inaman bir dam ko'rmasam,
Buni she'rda ayladim izhor.
Bahtiyorman yorug' dunyodan,
Chunki senday mehribonim bor
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tushimga kirasan kun ora.
Har tushda ko'rganda dil pora.
Orzuyim sen eding yagona.
O'zgalarga bo'lding janona.

Har oqshom to'lg'onib to'shagda.
Sevgimiz qanchaga sotyapsan?
Ming afsus, senga yot go'shanga.
Naxotki pul uchun yotyapsan?

Minglanat yaramas pulga ham.
Sen kabi ochilgan gulga ham.
Jirkanch xayotingni nima bezaydi?
Dunyoda maqsading nimadan?

Jirkanch nigoxingni ko'rgim yo'q.
Harob ahvolingni, so'rgim yo'q.
Toptading birinchi sevgimni.
Qaytishga umuman yo'ling yo'q.

Ox seni qanchalar sevardim.
So'rasang jonimni berardim.
Narxingni aytseng extimol.
Ikki barobarin to'lardim.

| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b][color=red]Ortga qaytib bo'lmaydi endi.
Yo'llarni xatolar berkitib qo'ygan.
Yarim ko'ngil to'lmaydi endi.
Qolgan yarmi vayrona bo'lgan.

Sen xayotsan, men ham tirikman.
Lekin umid dafn etilgan.
Alamdan uhlolmay chiqamiz tunda.
Sabrlar yillarga sarf etilgan.

Uchrashsak jim turib faryod uramiz.
Bir-birimizga yuzimiz qaro.
Shunda ham nimanidur intiq kutamiz.
Qandaydur arqon bor yuraklar aro.

Na diydor bor, na bir qo'ng'iroq.
Na bir choramiz bor, na kichik yo'lak.
Sevgi ham ehtimol bizni tark etgan.
Xech baxo qolmagan, sog'inchdan bo'lak.
Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Surnaylar chalinar, do'stlarim hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman men.
Yurakda muzim-u yuzda qor bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot vayrona.
Qilmishga yarasha jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'qishda kursdoshim Oydin ustidan.
Kulishdi birnechta shaxarlik g'alcha.
Yupka kiyip kepti shimni ustidan.
Sapogi o'ziga kattamush ancha.

Shaxarlik qizlarga savollarim bor.
Javob berib ko'ring kelmasa malol.
Saxarda ko'chaga suvlarni sepib.
Dalaga chiqqanmisiz, boqish uchun mol.

Tandir oqarishi siz uchun nima?
Non yopkanmisiz xo'roz uyg'onmay.
Sandalda qo'lizga ovolib igna.
Do'ppi tikkanmisiz sham yorug'ida?

Sholi ekkanmisiz kurmagin o'tab.
Poxol yig'ganmisiz sholipoyadan?
Maktabdan uyalib javoblar so'rab.
Qurt tutib boqtizmi pillaxonadan?

O'tin terganmisiz ukangiz bilan?
Makka sitkanmisiz tovuqlar uchun.
Nozik barmoqlarga kiriblar tikan.
Paxta chuvdingizmi? Toki yarim tun.

Agat chopganmisiz yagana qilib.
Kovush olganmisiz paxtalar terib.
Shu ishlarni qilgan qizlarni.
Atarlar xaqiqiy o'zbekoyim deb.

Sizkim kim bo'psizki ular ustidan.
Kula olmaydi Madonnasi ham.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0