Главная » Статьи » SHERLAR [ Добавить статью ]

В разделе материалов: 184
Показано материалов: 101-150
Страницы: « 1 2 3 4 »



Xazon barglarin terib behol,
Armonlarim boshin silayman.
Menga nasib etmagan baxtni,
Yoring bilan senga tilayman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hαуσtιm bιr zαуl dανσm εtmσqdα,
Turlι hαуσllαrdαn bσѕhιm qσtmσqdα.
Kσ'ρchιlιk jσnιgα tεkkαn bσ'lѕαmdα, Bιlαmαn kιmlαrdιr mεnι kutmσqdα.

Yuzιmnιng kulguѕι dαrdιm уαѕhιrαr,
Tαqdιr ѕιnσνlαrι αqlιm ѕhσѕhιrαr.
Hαttσkι chιn dσ'ѕtιm tαѕhνιѕh σѕhιrαr,
Mεnι уαqιnlαrιm tαѕhlαb kεtmσqdα.

Endι qαуgα ιzlαb bσrαуιn ραnσh,
Aуtgιn Yαrαtgαnιm qιldιm nε gunσh.
Yσlg'ιz σnαjσnιm chεkmσqdαlαr σh,
Mεnιng bιr kunιm hαm уιldεk σ'tmσqdα.

Sενgι σtαѕhιdα yσnιb hαm kσ'rdιm,
Xιуσnαt nεlιgιn ѕhundαn ѕσ'ng bιldιm.
Bugun σ'z σ'zιmgα hulσѕα qιldιm,
Mεnιng tσmιrιmdα αlαm σqmσqdα..
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Chal mug‘anniy, alam kuyin chal,
O‘ynab beray toptab g‘amlarni.
Telba deya kulsin miriqib,
Quvontiray shum odamlarni.

Armon kuyin, xijron kuyin chal,
To‘shab o‘ynay chil-chil ko‘nglimni.
Avj otiga minib xotira,
Qurshab olsin o‘ng-u so‘limni..
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Jonimga malham yo'q so'zizdan bo'lak,
Borlig'im aks etgan ko'zizdan bo'lak.
Dunyoni unutay hamrohim bo'ling,
Hech narsa kerakmas o'zizdan bo'lak!
*****
Уртаниб сен мени севмайсан дема.
Мен сени севаман жону-дил билан.
Дил билан севаман лекин ранжима.
Айтиб беролмайман уни тил билан.
*****
КУЛСАЛАР МЕН ОШУГУ ЗОРГА.
КУНГИЛ БЕРМОК ГУНОХИМ ЁРГА.
ОСАЛАР ХАМ 1000 ТА ДОРГА.
ЯНА КАЙТИБ СИЗНИ СЕВАРДИМ
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Vijdoning og'riydi etayotib rad.
Xuddi aybdordek yerga qaraysan.
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot.
Sevolmayman deysan uzr so'raysan.

Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq.
Tilida chaynalar qarg'ish xitobi.
Ey xudo bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi.

Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib.
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan.
Yuraging pinjida yashab biroving.

Ko'zingning oqiyu qarolariga.
Solarkansan yakka suyukligingni.
Sen pisand qilmagan bechoralarga.
Bilmaysan qanchalar buyukligingni.

Kipriging torlarin chertadi yomg'ir.
Qo'lingda titraydi tunlar xitobi.
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Men Sizni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Siz tomon suzaveraman.
Men Sizni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.

Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.

Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo'msar takror va takror...

Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.

Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.

Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.

Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Titroq lablarimda nomingni aytib,
Dunyoni unutib senga talpindim
Har kuni ko'rmasamda, ko'zlarim yumib,
Yurak - yuragimdan seni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tun cho'kib borliqni domiga yutdi.
Kimdir meni eslab kimdir unutdi.
Yuragim eridi shirin tush kabi.
Sizni o'ylab-o'ylab bugunham o'tdi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qo'limda pichoq o'ylayapman,
Ko'zimga yosh olib
yig'layapman.
Meni sog'inibdi deb o'ylamang,
Men shunchaki piyoz
to'g'rayapman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Kulganimga iwonmang,
Dilda qayg'u bir talay.
Dardlarimni yengaman,
Kulib-kulib har qalay.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizni unutmoqqa urindim ming bor.
O'zni chalg'itmoqqa nelar qilmadim.
Aslida men kimman bir ko'ngilga zor.
Ayting ko'nglingizga nechun sig'madim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni sevolmasang senga ginam yo'q,
Mensiz bahtli bo'lsang meni ko'nglim to'q,
Faqat yuragimni kuydirar bir cho'g,
Nechun indamading? nechun aytmading?

Mayus nigohingda mano bormidi?
Yuraging o'zga bir yorga
zormidi?
U ham visolingdan umidvormidi?
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Bugun ko'zlarimga tor bo'ldi dunyo,
Yo'qoldi dilimni yoritgan ziyo,
Uni mendan ortiq sevganmiding yo,
Nechun indamading? Nechun aytmading?

Achchiq qismatmi bu alamli taqdir,
Meni sendan o'zga quvonchim yo'qdir.
Seni jondan o'rtiq sevgandim
ahir,
Nechun indamading?
Nechun aytmading?

Ko'nglimda yig'lasa bahorim kuzim,
Seni gunohing yo'q gunohkor o'zim.
Ko'z ochib ko'rganim ko'r ekan ko'zim,
Nechun indamading? Nechun aytmading.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Man shunday bir odammanki
O'zni topmay sarsonman
Man shunday bir odammanki
Gox u, gox bu tomonman
Man shunday bir odammanki
Bir yaxshi, bir yomonman
Man shunday bir odammanki
Ne sababkim omonman
Man shunday bir odammanki
Rostim bor, lek yolg'onman
Man shunday bir odammanki
Dard bog'iga bog'bonman
Man shunday bir odammanki
Yo'lga chiqqan karvonman
Man shunday bir odammanki
Manzil bilmas sarbonman
Man shunday bir odammanki
Yurakka dard solg'onman
Man shunday bir odammanki
Shu gard birla qolg'onman
Man shunday bir odammanki
Qaro yerday osmonman
Man shunday bir odammanki
Gul ko'ringan somonman
Man shunday bir odammanki
Aqli raso nodonman
Man shunday bir odammanki
Shaytonga qadrdonman
Man shunday bir odammanki
Yondirar saratonman
Man shunday bir odammanki
Sovuq qish qaxratonman
Man shunday bir odammanki
O'zni kutar qopqonman
Man shunday bir odammanki
Xech otilmas vulqonman
Man shunday bir odammanki
Xech to'zg'imas bo'ronman
Man shunday bir odammanki
Tinchiy olmas to'fonman
Man shunday bir odammanki
Zug'umkor mexribonman
Man shunday bir odammanki
G'am qasriga sultonman
Man shunday bir odammanki
Topilmas xar zamon man
Man shunday bir odammanki
Nechun tirik hamon man
Man shunday bir odammanki
Tomchiga zor ummonman
Man shunday bir odammanki
Aniq, ravshan, gumonman
Man shunday bir odammanki
Javobi yo'q so'rovman
Man shunday bir odammanki
O'z yoriga birovman
Man shunday bir odammanki
Boshlanmagan tamomman
Man shunday bir odammanki
Adog'i yo'q davomman
Man shunday bir odammanki
Goxi dard, gox darmonman
Man shunday bir odammanki
Kimlargadir armonman
Man shunday bir odammanki
Sarg'aymagan xazonman
Man shunday bir odammanki
Ko'ngli yarim insonman
Man shunday bir odammanki
Tingan qo'zg'olonman
Man shunday bir odammanki
G'ishtlari hom qo'rg'onman
Man shunday bir odammanki
Jimjit shovqin suronman
Man shunday bir odammanki
Egasi yo'q Turonman
13.10.2012
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Man saxroda bir daraxt,
Suv icholmas ildizman,
Bir o'zim juftsiz karaxt,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yakka qolgan orolday,
Sohili yo'q dengizman,
Qaddi bukilgan tolday,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Bog'manki bir tikonli,
Bahorin quvgan kuzman,
Yuragi to'la qonli,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Qayta yonmagay shamday,
Hatto qolmas bir izman,
Ortiqcha dardu-g'amday,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Soniyalik umri bor,
Zumda uchgan yulduzman,
Yor yo'liga intizor,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Tonggi otmas tong, saxar,
Quyoshi yo'q kunduzman,
Ichgan suvlarim zaxar,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Oy yuzli, ko'zi shaxlo,
Qoldim zebo yorsiz man,
Xoru-zor, baxti qaro,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yo'qdir maqsad yashashdan,
Jon bermoqqa xozir man,
Bu hayotda adashgan,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Borligida madorim,
So'z aytay bir og'iz man,
Qaytmas endi bahorim,
Ox, sansiz man yolg'izman.

Yashamoqqa xushi yo'q,
Tirnalar bir tig'siz man,
Ko'ray desa, tushi yo'q,
Ox, sansiz man yolg'izman.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



SOGINCH
Titroq lablarimda nomingiz aytib,
Dunyoni unutib sizga talpindim.
Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib,
yurak- yuragimdan sizni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



SOGINCH
Titroq lablarimda nomingiz aytib,
Dunyoni unutib sizga talpindim.
Xar kun ko'rmasamda ko'rlarim yumib,
yurak- yuragimdan sizni sog'indim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Har kuni uchrashuv, har kun qiz ko`rish,
Kimgadir yoqasan, kimga yoqmaysan.
Jonga tegib ketdi bu bo`ydoq yurish,

Yoningdan o`tganga zimdan boqasan.
Hammasin dardi bir molingni so`rar,
Aqling qiziqtirmas, kimsan, nimasan,
Moshinang bo`lmasa yigitim bor deb,
Damingni beraru qutular oson.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Muhabbat nima u? xech bilolmadim,
Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi.
Sevdimu o`zimga lek kelolmadim,

Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi?
Gohida sevinib o`zimdan- o`zim,
Kechalar telbadek mijja qoqmadim.
Gohida aldanib bo`zarib yuzim,

Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim.
Gohida yuragim, gohida u qiz,
Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim.
Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz,

Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim.
Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir,
Zerikdi qalbimda uzoq qolishga.
So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir,

Endi urinmasman ko`ngil olishga.
Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham,
Uzun kechalarda uxlarman beg`am.
Unga baxt tiladim, u menga omad,
Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O menga xayot ber, yashashga imkon,
Baxtning lazzatidan olayin baxra.
O'rgat kurashmoqqa bo'lgin yonma-yon,
Gulzorlar ichida yurayin baxtla.

Tongni kutay entikib to'yib,
Seni kutay orziqib suyib.
O'rgat menga sevay dunyoni,
Qalbga yozay ismingni o'yib.

So'ng uchaylik bulutlar uzra,
Ko'm-ko'k osmon quchsin ikkimiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



АЛАМ
Шу ҳам бизга ғаммикан,
Айрилиқ аламмикан!?
Дунёда биздан бошқа
Бахтиқаро каммикан?!

Мағрур йигит бошимиз
Эгиб кетаверасми?
Бир бор севиб кўрмасдан
Тегиб кетаверасми?

Келинликнинг либоси,
Айтинг, шунча ҳавасми?
Орзулар эҳтироси
Тугадими, абасми?

Ўтиб, балки, кўп йиллар,
Қарғайсизми қисматни?!
Қизингизда кўриб сўнг
Ўша бебош ҳислатни...

Бебош, ўтли муҳаббат
Куйдиряпти бизни ҳам.
Қани энди илитса
Сиз - шошқалоқ қизни ҳам!

Эҳ, етар, бас! Бахтингиз
Топсангиз ҳам ғаммикан!?
Дунёда биздан бошқа
Бахтиқаро каммикан?!

Ўткир Хидиров
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Muxabbatni ko'mdim qalbimga
Bevafoga tushmaydi yo'lim
Mehribonga zor bo'lganinda
Meni bir bor eslagin gulim
Qalb manzili olis bo'larkan
Endi senga yitmaydi qo'lim
Kulmay qolsa agar lablarin
Meni bir bor eslagin gulim
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak,
Yurak yolg`izlikning yagona quli.
Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak,
So`lganida oliy orzular guli,
To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?

Men-ku har narsaga chidamas bir jon,
Kim uchun shubhali totguvchi nonim.
Ulkan davralarda har lahza, har on
G`iybat o`rtasida turganda nomim,
O`lchanib qolganda har bosgan izim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?

Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot,
Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo.
Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot
Eng kichik baxtdan ham etganda judo,
O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim,
Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Мақтов кимга ёқмас, кўнглинг тўлдирар,
Мақтов - ширин оғу, ширин ўлдирар.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ҳаёт жоми ичра оқамиз
Гоҳи хурсанд, гоҳида вайрон,
Теваракка ҳайрон боқамиз,
Теваракни қолдириб ҳайрон.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Chalinsa mungli kuy naylardan,
Alaming olmagin maylardan,
Yoqotsang toparsan qaylardan,
Onasiz bu dunyo qorongu,

Romolin kozinga surtsang ham,
Suratin qolinga tutsang ham,
Kelmagay asrlab kutsang ham,
Onasiz bu dunyo qorongu...

Chidarman turli hil qiynoqqa,
Boshimni toshga ham urmoqqa,
Chidolmam onasiz yurmoqqa,
Onasiz bu dunyo qorongu...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Сен мўътабар она, меҳри ягона.
Сен опам, синглимсан, гўзал дурдона.
Сен гулдай нозиксан маъсума ҳаёл,
Дунёнинг бешиги бу сенсан АЁЛ !

Сенсиз тонгим отмас, ёришмайди кун.
Фарзандинг сенсиз гар қолади дилхун.
Сен билан яшнайди билсанг дахри дун,
Асли бахт эшиги бу сенсан АЁЛ !

Қувончдан қувнайсан бағримга боссам,
Жимгина йиғлайсан дилинг оғритсам,
Дунёнинг ташвишин елканга оссам,
Қирқ жони ормуғон бу сенсан АЁЛ !

Қалбимнинг чироғи, ёнар нурисан,
Юрагим малҳами, ўчмас қўрисан,
Сен жаннатдан келган малак, парисан,
Ҳа ўша фаришта бу сенсан АЁЛ !
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yigit keldi qizning oldiga.
Undan Ko'zlarini biroz yashirib..
Sevgi izxorini aytib qoldiku.
Mashuqasin shanin talon oshirib.

Men sizni sevaman sizni sevaman.
Siz uchun bog'lardan gullar teraman.
xoxlaganiz bo'ladi bajo.
xoxlasez yuragim sizga beraman.

Yigitni izxorin tinglar ekan qiz.
Be toqat bo'lardi malikalardek.
- Tushuning axir mos emasmiz biz.
Yo'q degan javobni bera oldi tik.

Shundan kegin yigit kutardi najot.
Eng chin muxabbati bo'lgandi barbod.
Tunlari uxlamay yiglardi yigit.
O'ylardi bir umr baxtsizman naxot?

Eslamayman endi xech qachon dedi.
Lek Tunlari Yiglab
xoldan tolguncha.
Yigit girt telbaga aylangan edi..
toki bir kitobni topib olguncha.

Qaydandur taralgan serjilo xitob.
Asriy zanjirlarni parchalay dedi.
Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob.
Ustiga TAVXID deb yozilgan edi.

Kitobni o'qirkan yigit be xazl.
Satrlar ko'zlarin namlab yoshladi.
Umuman yolg'ondan bezigan ko'ngil.
Xaqiqat eshigin ocha boshladi.

Ilox yo'q OLLOXDAN O'zga deb nogox.
Lablari pichirlay boshlaganida.
Be ozor bir ajib Iloxiy panox.
Samoviy muxabbat tuydi tanida.

Oldin bo'lgan ekan go'yoki bir it.
Etibor bermagan oz-moz.
Qizning oldiga bordiyu Yigit.
Suralar o'qidi chiqarib ovoz.

Xikoya shu yerda tugasa qandoq.
Ne deysiz Shundayin bo'lsa imtixo?
Ko'ryapman yuzingiz aytmoqda shu chog'.
Biz bunday yakundan emasmiz rizo.

Bizga Xikoyani oxiri kerak.
Dunyoviy sevgining ne dur poyoni.?
Boshlashga boshlashlabon go'yo bir ertak.
Tugatib qo'y axir bul voqeani.

Xo'p mayli aytaman, yakunin be or.
Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga.
QURON tilovatin tinglagan dildor.
Paranj o'rab keldi, yigit oldiga.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Узбек қизлар гапларимни олмас экан,
Туркмани хам узун куйлак киймас экан.
Лули эса вохей, туғри келмас экан,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Тожик қизни севдим лабин бужмайтирди,
Узбеклари қошларини чимрайтирди.
Тор кийишиб юрамиз деб жанжал қилди,
Негр қизга уйланмасам булмас экан.

Барчасини куз остидан синаб курдим,
Туғри келиш келмаслигин уйлаб курдим.
Анча уйлаб яна бир бор фикр қилдим,
Негир қизга уйланмасам булмас экан!

Туркманига бориб анча пулга куйдим,
Узун куйлак кураман, деб бекор қилдим.
Энди мана бор сиримни ошкор қилдим,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Эртадан то кеч булгунча мехнат қилар,
Кунга куйиб рузғорингни обод қилар,
Уйинг капа булса хамки шукр қилар,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Қоронғуда тополмасдан тулғонайин,
Кези келса қайдасан ,деб қидирайин.
Етар ахир қачонгача тоқ юрайин,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Қиз қидириб буйдоқлик хам жонга тегди,
Узбек қизлар узларини ойдек курди.
Румол ура, десам менга юзин бурди,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Кумиргина юзларини сийпалайин,
Узбек қизин хуб аламин келтирайин.
Не булсаки пешонамдан курайин,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Хатто мато олиб бериб юрмайман,
Алламбало лаш-лушларни билмайман.
Тегингина тайёр қизча олгайман,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!

Рузғорингда камчиллигинг юзга солмас,
Солса хамки тилларини қушни билмас.
Ғийбатчилар аралашиб уйинг бузмас,
Негр қизга уйланмасам булмас экан!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'zlarida turli
alamlar
Nigoxiga to'lganda g'amlar yuragini ezsa sitamlar
GO'ZALLARXAM YIG'LAR EKANLAR

Sevgan yori aldab ketkanda
Orzu bog'i qurib bitkanda
Xiyonatlar boshka yetkanda
GO'ZALLARXAM YIG'LAR EKANLAR

Dard kelganda dasturxon bo'lib
Ko'z yoshlari oqar qon bo'lib
Sezdirmasdan bag'rini yulib
GO'ZALLARXAM YIG'LAR EKANLAR

O'z uyiga mehmon bo'lganda
O'zga uyga mezbon bo'lganda
Oilasin sog'inganida
GO'ZALLARXAM YIG'LAR EKANLAR

Bo'm-bo'sh beshik tebranmay
tursa
Qo'shni kelin farzandlar ko'rsa
Bechorani kim-xam tushunsa
Bo'sh beshikni quchar ekanlar
GO'ZALLARXAM YIG'LAR EKANLAR
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Maktabdanoq sevishib.
Kollej davri
öpishib.
Köchalarda
sökishib.
Muslimaman demagin.

Mini yubka
kiyarsan.
Qalbim toza deyarsan.
Balki tiling
tiyarsan.
Muslimaman demagin.

Nomahramni bilib
halol.
Poklik sözi sengga malol.
Maktabdanoq istab visol.
Muslimaman demagin.

Alloh deysan
qalbimda.
Amal yöqdir özingda.
Shayton libos
egningda.
Muslimaman demangin.

Islom desa
nega jimsan.
Asli-nasling özi kimsan.
Xijob desak
g'ijimsan.
Muslimaman demagin.

Sotka tinmay
jiringlab.
Nomahramga hiringlab.
Fahsh sözlarin sen tinglab.
Muslimaman demagin.

Nomahramla
yallo yuribg
Shariatdan yuzni burib.
Yoshlik deya
ishrat surib.
Muslimaman demagin.

Aldanib "yor"
guliga.
Sotilding "yor" puliga.
Aylanib fahsh
quliga.
Muslimaman demagin.

Nomahramga qilib
razm.
Internetda yuzta rasm.
Farishta deb qöyib ism.
Muslimaman demagin.

Tahoratsiz
yurasan.
Tahoratsiz turasan.
Namoz desa
kulasan.
Muslimaman demagin.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q,
Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q,
Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q

Bo'lar bo'lmas qo'ng'iroqqa xushim yo'q deb,
Ming tashvishga mening o'nta boshim yo'q deb,
Noliyvermang, charchadim deb ishim ko'p deb,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sochma do'stim bo'lar bo'lmas asabingni,
Kimdir ko'zlab turgan bo'lsa mansabingni,
Ichingga yut jahl kelsa g'azabingni,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!
Puli boru, do'sti yo'qlar nima qilsin,
Ko'zlari och qorni to'qlar nima qilsin,
Yillab zanglab yotgan o'qlar nima qilsin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sendan yoshmi, yoki keksa ish buyursin,
Xizmatin qil, ishi bitib qandin ursin,
Ikki qo'ling shu ko'ksingda doim tursin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Sakson to'qson yoshingda ham o'rning bo'lsin,
Yaqinlaring siz keraksiz menga desin,
Shunday yasha yoshu keksa g'aming yesin,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!

Ishi bitgach, rahmat aytib ketmasa ham,
Qayg'urmagin, Ahad Qayum chekmagin g'am,
Barin ko'rib tiribdiku qodir Egam,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q.

Orzusiga yetgan kim bor armoni yo'q,
Armoni bor kimsa borki imkoni yo'q,
Hurmat bilan so'roqlashib turgani baxt,
Kerak bo'lmay qolishingdan yomoni yo'q!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Daryo suvin oy baliqlar ichgani yo'q,
Falak sirin hali birov yechgani yo'q.
Gohi ketar
eslaganda alam qilib,
Siz kechdingiz, dunyo
mendan kechgani yo'q.

Har qadamda sevmaganga ko'ngilsiz, yor,
Kech bo'lganda qadrim bilib yig'laaysiz, yor.
Zar azizmi, sevgi
aziz bilmaysiz, yor,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.

Endi yo'qdir yurakka o't yoqishingiz,
O'ylantirar ammo ma'yus boqishingiz.
Baxtli bo'ling, ginam yo'qdir sizga hargiz,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xiyonatning uzun yo'llari,
Tikon ekan bergan gullari,
O'ylamasman endi tunlari.
Ketavering ketsangiz nima.

Gar o'ylasam ko'nglim
buzulib,
Daryo bo'lar dardim cho'zilib,
Osmon axir tushmas uzulib,
Ketavering ketsangiz nima.

Yer yorilmas
suymasangiz xam,
Menga
xech xam kuymasangiz xam,
Mayli qaytib kelmasangiz xam,
Ketavering ketsangiz nima.

Ketmaysizmi samoga uchib,
Yurmaysizmi yulduzni
quchib,
Men baridan
qo'yganman kechib,
Ketavering ketsangiz nima.

Bu jon tanim xijronda emas,
Bevafoni xech ko'ngli suymas,
Aldangan bir mengina emas,
Ketavering
ketsangiz nima.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tarbiyani "Ona" beradiyu,
Rahmatni "Ota" eshitadi. Nega?
Chunki "Ona" tarbiyani bolaning
Otasidan oladi
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yetim o'g'loningga quloq sol dunyo,
Kechalar to'lg'onib yig'lab yotaman.
Bir kun baxt omadni toparman ammo,
Duogo'y onamni qaydan toparman?

Do'stlar kelib ketar halol va sotqin,
Alardan gox shodlik jabr tortaman.
Dushman ham do'stimga aylanar lekin,
Duogo'y onamni qaydan topaman?

Suluvlar o'tadi muloyim qarab,
Yigit umrim otash cho'g'da yoqaman.
Biri kelin bo'lar o'shanda yo rab,
Duogo'y onamni qaydan topaman?

Bir kun sekinlashar xayot kemasi,
Nogox langar tashlab suvga botaman.
Yuzimga urilsa o'lim sharpasi,
Duogo'y onamni qaydan topaman?

Farosayi fudugar qil ko'rik u dam,
Gunoxim ko'p mani qandoq o'taman.
E vox sadoiy do'zzaxiy bo'lsam,
Duogo'y onamni qaydan topaman?
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Do'ppi tushmas aslo boshidan,
Mushti og'ir tog'lar toshidan.
Pashsha chiqmas yegan oshidan,
Xayot bo'lsa kimning «OTASI» Qo'li tushmas doim DUODAN,
Saqla deydi balo qazodan.
Umr so'rar senga HUDODAN,
Xayot bo'lsa kimning «ONASI»
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Кўзингизнинг қаросидай сақлагайсиз,
Юрт ишончин иймон қадар оқлагайсиз,
Қўриқлайсиз шому саҳар дилда Ватан
Номус-ори, эътиқоди бут капитан.

Карвонбоши суянгайдир Сиз-мардларга,
Сиз бермайсиз элингизни «чанг-гард»ларга.
Ёв келса гар олишасиз кечиб жондан,
Сиз жасурсиз хамда мағрурсиз капитан.

Сиз Ватанга ярашгайсиз, олгумдир тан,
Ватан сизга ярашгайми ё капитан?
Қизиқтирмас ўзга нарса, ё гулбадан,
Орзуингиз ОМОН бўлса бўлди Ватан.
Сиз шу юртнинг аҳди баланд ўғлонисиз,
Сиз борсиз-ки, беҳавотир қўрғонимиз.
Фахрлангум гоҳ ошкора, гоҳо четдан-
Сиз борсиз-ки, ҳадигимиз йўқ капитан!.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Саккизинчи март бугун
Кизларимиз байрами
Йигитларчи? дейсизми?
Пулсиз байрам байрамми?

14 январда сизлардан
Роса совга олганмиз
Шу туфайли кизлардан
Карздор булиб колганмиз.

Стипендияга уч кун бор
Уйдан пул хам келмади
Лекин пулим йуклигини
У гузал киз билмади.

Бир амаллаб кутулдим
Битта кизил гул билан
Шундай килиб хайрлашдим
Карзга олган пул билан.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Бирингиз угилсиз, бирингиз ёрсиз,
Бирингиз инимиз, ишда хамкорсиз.
Огиримиз енгил килиб доимо,
Яхши хамки бахтимизга сиз борсиз.
Мухтожлик сезамиз химоянгизга,
Ва лек чидолмаймиз киноянгизга.
Ер ва кукка сизни ишонмай,
Доим айланурмиз хамсоянгизга
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Йигитлар ҳалқларнинг мактови-кўрки
Наслнинг жавҳари, давлат таянчи,
Юртнинг ободлиги, тўйлар сабаби,
Элнинг гуркираши, файзи, қувончи.
Йигит омон бўлса, хавфу-хатар йўқ,

Қалқон бор, қалъа бут, қўрғон саломат,
Қизлар кулгусида авжу даромад,
Чоллар уйқусида жаннат, фароғат
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Хонадон обрўйи, тахти-эркақдир,
Болалар қувончи, бахти-эркакдир.
Аёллар қудрати мулки-эркакдир,
Ватаним ғурури кўрки-эркакдир.

Эркак бор, боғларда гуллар очилар,
Улар бор, қалбларга қувонч сочилар.
Оила бутундир улар боридан,
Ҳаётин кизғанмас дўсти, ёридан.

Дастурхон қутлиги - улар меҳнати,
Устимиз бутлиги - улар ҳиммати.
Фарзандлар чироғи - улар борлиги,
Муҳаббатнинг бизга мудом ёрлиги.

Эркаклар мардлиги берур ифтихор,
Уларда меҳр бор ва муҳаббат бор.
Фарзандин эртасин ўйловчи улар,
Оила обрўйин қўлловчи улар.

Шундай йигитларни севар халойиқ,
Шундайин эркаклар меҳрга лойиқ.
Улар элимизнинг содиқ посбони,
Улар бор, тинч эрур юртнинг осмони.

Байрам муборакбод, азиз эркаклар,
Тилаймиз сизларга эзгу тилаклар.
Омон бўлинг бола, оналар учун,
Сезинг доим аёл меҳрининг кучин
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Эркакдан омадни аяма фалак,
Жонини асрагил, этмагил халак.
Омадни қўш-қўш бер, бахтини бекам,
Номардга зор этма, кўрмасин алам.

Эркакдан омадни аяма ҳаёт,
Муҳаббат қасрин ҳам этмагин барбод.
Ишига унум бер, ҳамёнига пул,
Билагига куч бер, эй қодири дил!

Майлига ҳар замон ичиб “шер” бўлсин,
Майсага ағанаб усти кир бўлсин.
Кайфи ўтиб кетар йигитчиликда,
Ер бўлмасин фақат, фақат эр бўлсин!

Тан-жони соғ бўлсин, тўрт муччаси соғ,
Уйидан бахт топсин, кайфи бўлиб чоғ.
Оғзига ош бер-у, кўзга ёш берма,
Мард эркак хор бўлса фалак-дош берма!

Номардга зор қилма, душманига хор,
Шаънини букмасин, ҳеч қайси дилдор.
Сен унга қудрат бер, кўнглига ғурур,
Токим йиқилмасин юрагида ор.

Ҳиёнат этмасин ёри бериб панд,
Оёғидан чалмасин ҳеч қайси номард.
Аёлдан қолмасин дилдаги доғи-
Аллоҳим, асрагин бўлиб паноҳи.

..Эркакнинг бошини эгма, эй фалак?!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Кимдир чўпак отса ўзбек номига,
Тегади ғурурнинг баланд томига,
Юрак зириллайди, кўзда чақнар ўт,
Тортади аламли ўйлар домига…

Шукурким, юрт-ел тинч, бут қўрғонлари,
Сарҳадини тутган алп ўғлонлари,
Боласин бешикда қучган келинчак,
Тупроғини севган бобожонлари.

Бу замин ичинда битта Ватан бор,
Бир боғ бор , бир гулшан , битта чаманзор!
Оҳ , менинг юрагим - жон, Ўбекистон,
Менинг муҳаббатим акс этган диёр.

Кўтаринг борича бу эл шонини,
Кўрсатинг дунёга бор имконини,
Ғаюрларнинг дами ичида қолсин,
Эъзозлаб олишсин тилга номини.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Бир кеча қўққисдан уйғониб кетдим,
Соатга қарасам, иккими ё уч.
(Эҳтимол совуқдан) жунжукди этим,
Ташқарига тортди аллақандай куч.

Қандайдир шарпани илғаб ўзича,
Гўё огоҳ этиб бизларни хавфдан,
“Ҳавф, ҳавф”, дея бор овозича
Кучук ҳурар эди қўшни тарафда.

Кўнгил-да, атрофни кўздан кечирдим,
Шукрки, ҳаммаёқ тинч ва осуда.
Тунчироқ нурида кўриб, энтикдим,
Фарзандларим ётар қатор уйқуда.

Ҳовлида ўйноқлаб, куйлайди шамол,
Бир-бирин рақсга тортар хазонлар.
Дарахтлар жимгина сурмоқда хаёл,
Бошини тебратар гулу райҳонлар.

Тинчлик, ҳотиржамлик – эзгу тушунча,
Шаксиз, яратганнинг инояти – бу.
Ва айни пайтда қанчадан қанча,
Бедор нигоҳларнинг шарофати – бу.

Кунни кун, тунни тун, демай, сарҳадда,
Бедор, сергак турган, эй аскар укам,
Сизлар бор, яшаймиз тинч, фароғатда,
Яхшиям сизлар бор – бизларга не ғам.

Тинчлик қадрин билдим ота бўлгач мен,
Шулар бор, кўнаман ҳаёт ғамига.
Бола кулгусига, айтгил, нима тенг,
Дунёни алишмам табассумига.

Сенга кўнгилдаги борини айтай,
Сабру сабот тилай айни чоқда ман.
Яхши ният билан сизларга атай,
Учта ўринбосар ўстирмоқдаман.

Мудомки турибсиз кўкракни кериб,
Йўл йўқ ҳавотирга, йўл йўқ қайғуга.
Энди дилбандларим ёнига кириб,
Уйқуга кетаман, ширин уйқуга.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ўзбекистон Аскари
Қадамингдан ўт чақнар
либосларинг ярашар,
Кўрганлар хавас қилар-
Ўзбекистон Аскари!

Сен ўз ўрнинг сардори
Химоянгда ёш-кари
Сергак тургин, чарчама,
Ўзбекистон Аскари!

Томирда қайноқ қонинг,
Қадрлидир хар онинг,
Ошгай шухрат ва шонинг-
Ўзбекистон Аскари!

Ардоқлагин Ватанни
Бағишлаб жону танни
Йўлатмагин душманни
Ўзбекистон Аскари!

Озод юртим бор, деб айт
Юзинг ёруғ бўлиб қайт,
Фахр айлаб битгум байт-
Ўзбекистон Аскари!

Нодира Хасанова
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yulduzlari ichikib qoldi,
Maxzun edi sensiz osmonim.
Sensizlikka ko'nikib bo'ldim,
Qanday ekan mensizlik jonim!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qadrimni bilganni qadrlab o'tay,
Qadrini qadrimdan balandroq tutay.
Gar meni sog'inib qo'ysa bir nafas,
Qabrimga kirguncha sog'inib o'tay!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Seni sevganni sen ham sev,
Tog'da cho'pon bo'lsa ham.
Suymaganga suykalma,
Misrda podshoh bo'lsa ham!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bugun orzularning bilagin ushlab,
Qayg'u va nafratni orqaga tashlab.
Mayli armon qolsin ko'zlarin yoshlab,
Boshqacha yashayman ertadan boshlab!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0