Главная » Статьи » SHERLAR [ Добавить статью ]

В разделе материалов: 184
Показано материалов: 51-100
Страницы: « 1 2 3 4 »



Sizni doim qizg'onaman armonlardan
Garchi o'zim armoningiz bo'lib turib
Biz charchadik o'shal shirin aldovlardan
U charchamas mening yurak bag'rim tilib

Ishonmayman qaxri qattiq yolg'onlarga
Kelsa nozik muxabbatga hanjar urib
Tan bermayman o'tar-ketar xijronlarga
Sevgingizga ozor bersa gunoh qilib

Firoqlarda dilingizga yetsa alam
Ishq haqida hayolingiz gumon bo'lib
Sizni qanday unutayin olisginam
Siymoyingiz YURAGIMga chizib qo'yib
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Jilmayib turasiz tikilib tursam,
Shirin so'zlar bilan aldayverasiz,
Bilaman bir qadam uzoqroq ketsam,
O'zga bir go'zalni izlayverasiz

Arazlab qolasiz gar kelmay qolsam,
Jilmayib turaman koyiyverasiz,
Boshim egib qo'ysa ko'zimdagi nam,
Siz esa beparvo kulaverasiz,

Ayriliq qasdida yashayman yig'lab,
Siz buni bilmasdan yashayverasiz,
Bir kuni bir kam dunyodan o'tsam,
Bilaman o'zga birovni izlayverasiz,

Tilda bo'lmasa ham, dilda nomimni
Har lahzada takror aytaaverasiz,
She'rlaring kerakmas deysiz-u, bir kun,
She'rlarim bahona yig'layverasiz,

Sizni sevishimni bir kunmas bir kun,
Dardli ko'zlarimdan bilib olasiz,
O'shanda ko'zimga tikilmang mahzun,
Bo'lmasa chin dildan sevib qolasiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Me’yoridan o‘tsam tuting ma’nzur, jonim,
Man qizg‘onsam nodon bo‘lib qizg‘onaman.
Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman.

Holim bordir siz o‘zgaga bir boqqulik,
Arazim-da dunyolarga o‘t yoqqulik.
Alamlarni tilga qamab, lab tishlasam –
Tishlarimning orasidan qon oqqulik,
Man qizg‘onsam yomon bo‘lib qizg‘onaman.

Oydin tushga do‘nganim bor uyqungizda,
Binafshalar terganim bor kulgungizda.
Dil darchasin sizga ochib qo‘ydim qanday,
Qanday paydo bo‘ldim yurak mulkingizda?
Man qizg‘onsam hayron bo‘lib qizg‘onaman.

Hijronlar-ey, jonim aro jon saqlaydi,
Yo‘limizni ikki yonga taroqlaydi.
Siz og‘rinmang, shu kuydirgi rashkimni ham
Bir kun kelib sog‘inchingiz so‘roqlaydi…
Man qizg‘onsam armon bo‘lib qizg‘onaman.

Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Man qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman…
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Erib ketar qalbingiz toshi
Oqar közdan ojizlik yoshi
Yetmas ekan inson bardoshi
Siz baribir sevib qolasiz.

Yurak qurg'ur topmaydi taskin
Könglingizga sevgi qurar in
Tan oling bir kunmas bir kun
Siz baribir sevib qolasiz.

Siz mag'rursiz bilaman buni
Sizni kutar baxtning butuni
Yuragiz ,,ox'' chekkan bir kuni
Siz baribir sevib qolasiz

Qalbingizni nimtalar armon
Xatto yurak topmaydi darmon
Bu aslida xudodan farmon
Siz baribir sevib qolasiz...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0





Ko'zlarim mayusdir quvonch begona.
Baxt ham mendan yuzin burmoqda.
Dardim mening birdur yagona.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Sezdirmay deymanu, bo'lib qolar fosh.
Pichoq ham suvakka asta yetmoqda.
Allaqachon tugagan bardosh.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Qayerdan izlashni bilmayman.
Manzillar chalkashib ketmoqda.
Deymanu Sirimni bermayman.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Hayot rasvo, hayollar chalkash.
Bugun sharob suvdek ketmoqda.
Bo'lib qoldim qip qizil alkash.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Qo'ng'iroq qil, xolimni so'ra.
Sevgi avzal g'ururdan ko'ra.
Qilgan xatolarga qilganman tavba.
Sog'inch meni ado etmoqda.

Muallif janob prikol 2.04.2015
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Atrofini qurshab olgan o't pechaklar.
Bahor kelmay yulinmishdur gul chechaklar.
Qiz chiqishi noyob erur kelinchaklar.
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.

Ooh dil mayib qattiq erur sinovlari.
Qorni ko'mir aylab bo'lgan qalovlari.
Maslaxatga muhtoj emas kuyovlari.
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b]Ассалому Алейкум хурматли сайтимиз фойдаланувчилари
кириб Келайотган Рамазон покланиш ойи муборак.
Кийинчиликларга караме фарзини бажо этмокчиларга сабр ва ажр тилаб коламиз.
Сайтимизда рамазон календари яни таквими ни жойладик
2015 чи йил учун



| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 1




BERGAN EDIM BIR SIZGA KO'NGIL,
ENDI DUNYO TORDIR KO'ZIMGA.
YOLVORAMAN YASHASHIM KERAK
YURAGIMNI BERING O'ZIMGA

. SEVGAN EDIM BIR SIZNI JONDAN
XATTO JONNI KO'RIB SIZGA TENG
XECH BO'LMASA MAYLI YOLG'ONDAN
MEN XAM SIZNI SEVADIMKU DENG
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Quyoshsiz yashashga
o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham
shamstalab
ko’zim.
Sizga baht tiladim,siz
esa- menga,
Toqatlar tiladim
o’zimga o’zim.

Tasbeh ayta-ayta
charchadi
sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi
toliqqan yurak.
Shu dam azroyildek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.

Lekin men
tirikman, xavotir olmang,
Umid uzganim yo’q
hayot gulimdan.
Sizsiz yashamoqni
o’rgandim,demak,
Sizni sevmay yashash
kelar qo’limdan.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni aldab nima topdingiz,
Yolg'onlardan, yolg'onroqmidim.
Rost so'ylashga yo'qmi tobingiz,
Yomonlardan, yomonroqmidim?

Ne ko'ribman men sizni suyib,
Qolib ketdim qurshovingizda.
Tutay-tutay kul bo'ldim kuyib.
Yonayverib olovingizda.

Yomon tushlar ko'rsam gohida,
Yahshilikka yo'yaman uni.
Yig'lab oyning guvohligida,
Oq shu'laga chayaman uni.

So'ng o'zimni ishontiraman,
"Aldangan-siz, men emas go'yo.
Yulduzlarni yomon ko'raman,
Yolg'onchidir asli bu dunyo".

Jon-jonimni o'yib ketdiku,
Sizning sodda yolg'onlaringiz.
Bu dunyodan to'yib ketdiku,
Yomonlardan yomonrog'ingiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hayot yo'lim etadi davom,
Bevafo yor tashlab ketsa ham.
Lek muhabbat so'nmadi hamon,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi,
Undan umid so'nib ketsa ham,
Unga bo'lgan mehrim so'nmadi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Yurak undan voz kecholmaydi,
Voz kechishga ko'zi yetsa ham.
O'zga yorni hech sevolmaydi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Azoblarda qoldim bir o'zim,
U bevafo quvnab yursa ham.
O'zga yorni ko'rmaydi ko'zim,
U o'zgani tanlab ketsa ham.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sevar edim bir sizni jondan.
Xatto jonni sizga ko'rib teng.
Xech bo'lmasa mayli yolg'ondan.
Men ham sizni sevar edim deng!

Har yurakda yasharkan armon.
Asli armon kungil tanlamas.
Tukiladi harlahza har on.
Kimdur anglab kimdur anglamas.

Yangi umid uyg'onar dilda.
Usha orzu usha tug'yonlar.
Balki shudir ishq deganlari.
Balki shudir guzal imkonlar!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Cho’ksam bosaverar meni bu ga’mlar,
Cheksam sig’averar dunyoga oxim.
To’ksam kelaverar ko’zimga namlar,
Sen uni sog’inchga yor qil iloxim…

Bag’rini o’rtasin ishq degan tilsim,
Asl muxabbatning qadrini bilsin.
Barcha orzulari mustajob bo’lsin,
Unga ne istasa bor qil iloxim…

Kechir menga bergan sitamlarini,
Ketkaz yuragidan alamlarini.
Jam et bu dunyoning sanamlarini,
Sochlarin bo’yniga dor qil iloxim…

Xar laxza omadi qo’lida bo’lsin,
Tuganmas davlati yo’lida bo’lsin.
Do’stlari o’ngida, so’lida bo’lsin,
Uning g’animlarin xor qil iloxim…

Dildan qayg’ulari ketsin darbadar,
Shodlikdan ko’nglini osmonga ko’tar.
Sevilsin sochidan tirnog’i qadar,
Bir mening mexrimga zor qil iloxim…
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Asli haqiqatdan yiroqdir ertak,
Sevgi- muhabbat ham afsona demak.
Bir baxtsiz taqdirdan
olinar o'rnak, Menimcha
muhabbat yo'q bulsa kerak.

Har kim guzallikni kashf etar uzi,
Kimdir muhabbatga tan berar
shaksiz.
Bitta o'zimmanmi
dunyoda baxtsiz,
Menimcha
muhabbat yo'q bo'lsa kerak.
Rayhon hidlariga aldanganim
rost,
Haqiqat husniga
bo'lganim ham mast. Ey kuygan
yuragim buncha ketma past,
Menimcha muhabbat yo'q bulsa kerak
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sizdan oldin men ketaman.
Ko'zlarimni yummastan.
Qalbingizni tark etaman.
Mehringizga to'ymastan.

Sevmasangiz sevmabsiz,
Foyda bormi o'ylashdan.
Menga ko'ngil bermabsiz,
Uchrashuvga ko'nmastan.

Hamma baxtli bo'laversa,
Hayot qiziq bo'lmaydi.
Undan keyin qolaversa
Inson qolmas o'lmastan.

Siz ham bir kun albatta
Ortimadan yo'l olasiz.
Balki nargi dunyoda.
Meni sevib qolasiz.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Achchiq xotiralar böldi-ku
tilak,
Og'ir ayriliqqa köndi bu yurak,
Nima bölsa hamki tan olish kerak, Sevdim,sevayapman,
sevaman seni.

Ötkinchi havasga
berildik goho,
Boshga sinovlarni
soldi bu dunyo,
Dilim töla nafrat
bölsa ham ammo,
Sevdim,sevayapman, sevaman seni.

Har on hayolingsiz ötmaydi vaqtim,
Seni öylasam bas ortadi zavqim,
Bilmam armonimmi va yoki baxtim,
Sevdim, sevayapman,sevaman seni.

Bu qanday tuyg'uki seni öylasam,
Pinhona örtanib nominga
kuylasam,
Kecham ham bugunim
ertamdan qasam,
SEVDIM,SEVAYAPMAN, SEVAMAN SENI!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bilardim dunyoda borligingizni,
Meningdek telbaga zorligingizni,
Sevgim asir etdi borlig'ingizni,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib,
Tig'lardim o'zimni poralar qilib,
Tunlarda uxlamay nolalar qilib,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...

Bilmadim, men sizni qanchalar
kutdim,
Aqiq lablarimda g'unchalar
tutdim,
Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Samoda charx urgan qushlardan emas,
So'ngiga yetmagan tushlardan emas,
Oshnolardan emas, heshlardan emas,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...

Hijron damlarini bo'lmaydi cheki,
Aslida baxt uchun yaralgan edim.
Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki,
Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sen öylaysan ranjitdim uni,
Endi mensiz unga tor jaxon,
Eng yomoni bilmaysan shuni,
SEVMAGANMAN SENI HECH QACHON!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qadringga yetmagandan izlama qadr,
Mushkul kunlaringda to'plagin sabr.
Osmonda uchganni, yerda yurganni,
Kun kelib teng qilar oddiy bir qabr. . .
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hαmmα αγtαdι ѕeνgι ѕσtιlmαγdι deb.
Adαѕhαdι bιr ĸσ'rιѕhdα ѕeναѕαη.
Bir υmιrlιĸ αzσb bιlαη tσ'lαγѕαη.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir kun yaqinsan bir kun uzoq.
Sevgiyu muhabbat hammasi tuzoq.
Aytingchi qandayin gunohim uchun.
Bir kunim bayramu bir kunim azob.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ishonmang bu qadar tirikligimga.
Zulmatda ziyodek yorishib ketsam.
Ertaga qayerdan topasiz meni.
Hokisor tuproqqa qorishib ketsam.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xumor etsa visol onlari.
Ishq bog'ini kezolmayapman.
O'kinch boshqa muhabbat boshqa.
Sendan ko'ngil uzolmayapman.

Sog'inch hissi bamisli bahor.
O'zga taqdir tuzolmayapman.
Yo'llaringga ko'zim intizor.
Sendan ko'zim uzolmayapman.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



8-martga blan barch barch hotin qizlarimizi tabriklab qolamiza
| Kiritdi: | | Fikrlar: 0



—Agar Alloh so'raganizni o'z vaqtida bersa, demak siz IYMONLISIZ. Agar vaqtlar o'tib keyin bersa, demak siz SABRLISIZ. Agar
Alloh so'raganizni umuman bermasa, demak bilingki,siz Alloh uchun SEVIMLISIZ! Zero siz uning nazdida so'raganizdan
buyukrog'iga loyiqsiz!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Menga keling ko'nglingizni qoplasa g'am.
Izlasangiz ko'ngli daryo dilkash hamdam.
Bag'ring giz qon kipringingiz bo'lganda nam
Sizga oyning chexrasini ko'rsataman
Yiglamasdan yashamoqni o'rgataman.

Menga keling sizni suygan do'st qolmasa
Yurakka nur baxsh etuvchi so'z qolmasa
Mexr bilan qaraguvchi ko'z qolmasa
Sizga mexr neligini ko'rsataman
Yig'lamasdan yashamoqni o'rgataman

Zumrat baxor go'zal misli yo'ldoshim
Boychechaklar g'ubori yo'q sirdoshim
Sho'x jilg'alar mening konglim beboshim
Sizga soflik neligini ko'rsataman
Aldanmasdan yashamoqni o'rgataman

Majnun jonim fido bo'lsin layloyimsiz
Bebosh erka yuragimda maftunimsiz
Bolamisol salga hafa mamnunimsiz
Shaydolikka vafolik ne ko'rsataman
Sizga sevib yashamoqni o'rgataman
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Obro' topish qiyin
to'kmang birodar,
Jaxolat ko'lida
cho'kmang birodar.
Erta qiyomatda
bo'lgaydir og'ir,
Tilizga erk berib
so'kmang birodar!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mard kelding, mard ketgil, toqating toq bo‘lsa ham,
O‘tma nomard ko‘prigidan suv seni oqizsa ham.


Muallif: Oraziy
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech,
Yuragim adog’in ko’zlama, jonim,
Quyoshim vasliga yetolmadim hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.

Men senda yorimni ko’rib adashdim,
Men senga jonimni qildim omonat.
Men senga borimni berib adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.

Endi ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli so’nggiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.

Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar,
Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim.
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim.

Diydorning kasriga g’urur qoldimi,
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik.
Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.

Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut,
Mening qo’lim tutgan sodiq alamim.
Har qanday so’zingga dil saqlar sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qo'ying bu dunyoning
g'avg'olarini,
Boshi bor so'nggi yo'q
g'alvolarini,
Berahm, beshavqat savdolarini,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

Yeganim ichimga tushmaydi netay,
Bir kunim azobsiz o'tmaydi netay,
Ko'nglim yaralari bitmaydi netay,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

To'ydim har kunimnig
yolg'onlaridan,
Dilimga o't qo'ygan
yomonlaridan,
Bir so'zi ikki xil insonlaridan,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Кўйинг керак эмас ортикча мехр,
Шунчаки хол сýранг, килинг кýнгирок.
Керакмас ачиниш, керакмас мактов,
Сиз менга дýст бýлинг, дýстдан яхширок.

Кýйинг керак эмас бунча эътибор,
Саломлар аликсиз колмаса бýлди.
Шунчаки кýнглимга каранг озгина,
Ëлгондан юраклар толмаса бýлди.

Кýйинг керак эмас никобли юзлар,
Олдимда зýрсан деб ортимдан сотманг.
Боримга ёр бýлиб шамдайин эриб,
Йýгимда юз буриб тош бýлиб котманг.

Кýйинг керак эмас, калбаки кадр,
Калбингиз тýридан умид килмадим.
Балки бу соддалик, балки бу кибор,
Менга шу тугридек, яна билмадим.

Кýйинг керак эмас ортикча мехр,
Шунчаки хол сýранг, килинг кýнгирок.
Kеракмас ачиниш, керакмас мактов,
Сиз менга дýст бýлинг, дýстдан яхширок
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Эртакка айланди хаётим менинг.
Ёкимли дард булди азобим менинг.
Билмадим бу балки хатойим менинг.
Сезни севиб севишни ургандим аммо.
Сиз бошка дунёсиз мен бошка дунё.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tuxumdan chiqdiyu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar
Tashlandiq ushoq eb o'tadi kuni
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni
Menga alam, qilar tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni..


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tabiat kimga ko'p yo oz beribdi,
Kimgadir xalacho'p yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo'q shohona ovoz beribdi.
1987 y


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qadimdan bir gapni uqtirar hayot:
Mard bo'lsang, o'z to'g'ri yo'lingdan qolma.
O'ladigan bo'lsang o'z go'ringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.
1987 y


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir dono bazmini guvohi bo'ldim,
Shodumon davrada o'ynadim, kuldim.
Bazmini boisin so'rasam, dedi:
Bugun men nodondan qochib qutuldim


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko'tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo'lar senga o'sha tosh.
1982


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Hato haqida sher xato haqida wer, sherlar.

Xato

Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dunyo haqida wer Sherlar sher, dunyo xaqida she'rlar, дуне хакида шеьр, дуне хакида шерлар

Dunyoni g'alati yo'rig'iga boq,
Kimga aysh tashnayu, kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan ma'no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq

1991 yil


Muallif: Abdulla Oripov
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sendan qolgan ozorlarimni.
Xar nafasda yutib yashayman.
Bir chekkaga surib bedorlarimni.
Qo'ng'irog'ing kutib yashayman.

Yurakkinam yig'lagan onda.
Bechorani so'kib tashayman.
To tirikman, o'lik bu jonda.
Qo'ng'irog'ing kutib yashayman.

Janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tarqatilgan xayot kartasi.
Nomalumdir uning ertasi.
Qiziq emas bizga o'rtasi.
Xor qilmagin oxirimizni.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Бахтим билан уришиб қолдим.
Сабаб, омад мени тарк этди.
Армон билан севишиб қолдим.
Сабаб орзу мени рад этди.



muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



DIQQAT DIQQAT. RASSIYADA ISHLOVCHILAR. PATENT OLISH UCHUN YANGI QONUNDAN HABARINGIZ BORMI! PATENT OLISH UCHUN IMTIXON SAVOLLAR
SIZNI O'YLANTIRYAPTIMI?
SAYTIMIZ SIZGA IMTIXONDAN YANI RUS TILI QONUNI TARIXIDAN TUSHADIGAN SAVOLLARNI TAXMINIY KO'PIYASINI TAQDIM ETADI TESTLARGA O'TISH UCHUN shuni bosing TESTLAR
SAYTIMIZDA QOLING HURMAT B.N JANOB PRIKOL
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Olisda bõlsada xayolim olgan,
Qalbimga qandaydir tuyg'ular solgan,
Siz bilan hamisha shodlik quvonchim,
Olisdagi kõrinmas sirli yolg'onchim.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Kun sanab oy sanab balki yil ötar.
Axir kuz mangumas
baxor xam qaytar.
Kelmading közlarim
xamon yöl kutar
Bir bora yöqlashga arzimasmidim

Bilarding sensiz kun
menga kun emas
Bilarding sensiz tun
menga tun emas
Naxot sog'inmading bir körging
kelmas
Bir bora yöqlashga arzimasmidim

Naxot chiday olding
shuncha kun mensiz
Qanday yashay olding
shuncha tun mensiz
Shunchalik pastmidi
sevgimiz essiz
Bir bora yöqlashga arzimasmidim ♥
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



ЮРАКлар талпиниб йиглаб юрганда.
Яхши курган инсоним ёмон курганда.
Кузларим аламдан ёшга тулганда.
Факат ХАКИКАТни излаб йигладим.

Майлига одамлар озор берса хам.
ОЛЛОХ бор!
Майлига гийбат килса хам.
СЕВГАНИМ тушунмай юзин бурса хам.
КАДРимга куйиниб зор - зор йигладим.

Мехрлар бердиму, МЕХР топмадим.
Яхши куринай деб елиб чопмадим.
Дунёда у3им боб ДИЛКАШ топмадим.
АЗОБЛИ
дунёда туйиб йигладим!!!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Mayli ketgin... To'smasman yo'ling,
Muxabbating dildan yulib ket,
Qalbimdan bo'sh qaytmasin q6ling,
Boru budim mayli olib ket,

Bag'ring bo'lsin doimo butun,
Sezma meni xech keragimni,
Balolardan asramoq uchun,
Tumor qilib ol yuragimni,

Dilingdagi muxabbat qabrin,
Quchib yig'lab tursa xotira,
Tangrim bergan bardoshu sabirni,
Olib ketgin cho'chima sira,

Taqdir kulfat yog'dirsa bir kun,
Tutib beray garib boshimni,
Gunoxlardan poklanmoq uchun, Olib ketgin ko'zdan yoshimni.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Dardlar senga soya solsa ham.
Doim quvnab yurishing kerak.
Baxtga yetish qiyin bölsa ham.
Sen baxtingni topiwing kerak!

Tölib ketsa alamga yurak.
Alamlarni yengishing kerak.
Singang köngling bölsada halak.
Sen baxtingni topishing kerak.

Sen baxtiyor bölmasang bugun,
Qalbm taskin topmasa kerak.
Men baxtiyor böliwim uchun.
Sen baxtingni topiwing kerak.

Bir yonimga kelolmasang ham.
Manga baxtlar berolmasang ham!
Mayli meni Eslamasang xam!
Sen baxtingni topiwing kerak.

Doim baxtli böliwing kerak!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0