Главная » 2016 » Июнь » 28 » sogindim
19:58
sogindim
Sog‘indim… Senchi, eslaysanmi hech?.. Sog‘indim… Har kech o‘tgan samimiy suhbatni. Sog‘indim… Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni. Sog‘indim… Beg‘uborligingni, hech hafa qilmas so‘zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni, ta’riflab bo‘lmas, doim ayb qidirganda ojiz qoladigan hislatlaringni. Sog‘indim… Derazadan osmonga termulib hayol surishingni, yomg‘irni kutishingni, yomg‘irda esa yo‘qotgan narsasini topib olgan odamdek quvonishingni. Sog‘indim… O‘sha ilk uchrashgan ko‘chamizni, o‘sha bog‘ni, birinchi o‘rindiqdagi birga o‘tirishimizni, uzoq yo‘ldan olib kelingan muzqaymoqni shoshib yeyishni. Sog‘indim… Yo‘l uzoq bo‘lsada, yayov yurishni, qo‘rqinchli odamni ko‘rsang yonimga yashirinib olishingni. Sog‘indim… Bir avtobusni ikkinchi, uchinchi marta kelganini ham o‘tkazib yuborib, bekatda suhbatlashib o‘tirishni. Sog‘indim… Har safar uchrashuv oldidan kiyim tanlashni. Samimiy ko‘rinish uchun oddiy kiyim izlashni. Mashinani uzoqda qoldirib, yoninggacha yayov borishni, yo‘l– yo‘lakay aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni yodlab olishni, seni ko‘rgach hammasini unutib qo‘yishni. Sog‘indim… Alamli bo‘lsada, qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab, dardlaringni ishonib ayta olishlaringni. Sog‘indim… Nazar solishga yurak betlamas jamolingni, qo‘lim yetmas qo‘llaringni, birinchi va ohirgi marta qo‘ling tutganimni. Sog‘indim… Do‘stni unutib bo‘larkanmi deyishingni, unutmasdan uzoq vaqt uzoqda yashashni. Sog‘indim… Oq libosda mamnun chehrangni, baxtli ekaningni, unuta olganingni, uzoqlarda ekaningni… Doim hursand, baxtli, o‘tmishsiz, kimgadir ishonib yashashing uchun, bir umr sog‘inib yashayman… Sog‘indim… Senchi, eslaysanmi hech?.
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR | Просмотров: 4728 | Добавил: inush93 | Рейтинг: 3.5/13
Всего комментариев: 1
avatar
0
3 ferede97 • 09:48, 14.08.2016
juda ajoyib love
avatar