Главная » Статьи [ Добавить статью ]

Всего материалов в каталоге: 1364
Показано материалов: 76-90
Страницы: « 1 2 ... 4 5 6 7 8 ... 90 91 »



Bazida osmonga chiqib,,,
"Iltimos sinariyni menga ko'rsatilar
Men o'z ro'limni bilmayapman!
Nima qilishni bilmayman"
Deging keladi.

Muallif janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



[b]Mana, yana senga keldim yuzma-yuz,
Munis ko'zlaringda hamon o'sha zeb.
Ko'zlarimga boqib so'rading beso'z,
-Mensiz qanday qilib yashayapsiz deb.

Baxtliman, ko'ksimda havas bir talay,
Ba'zan yozishimni aytmaganda she'r.
Nega o'ksinayin, qara, harqalay,
Boshida ko'tarib turibdi-ku yer.

Bejizmas hilolning yuzdagi dog'i,
Tunlar u dardlarim yelkalayapti.
Kunduzlar ko'zlaring sog'ingan chog'im,
Ko'kda quyosh meni erkalayapti.

O'ylaysan, hayotdan bo'lganman judo,
O'ylaysan, dunyoning kuyukligiman.
Axir sevganiga dard berar Xudo,
Sensiz ham Xudoning suyukligiman.

Ketaver, sensiz ham yashayveraman,
Sensiz ham kun botar, yorishar nahor.
Oltin kuz xazonin yoqar sensiz ham,
Sensiz ham gul ochib keladi bahor.

Ket endi, etmagin qonimga tashna,
Alvido yo'limga tutashmagan yo'l.
Yashasang mendan-da baxtliroq yasha,
Agar o'lar bo'lsang mendan keyin o'l.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



HURMATLI SAYT FOYDALANUVCHILARI!
SIZLARNI WHATSAPPDA OCHILGAN
"SHERLAR VA STATUSLAR" GURUPPASIGA
TAKLIF ETAMIZ!
Guruxda xozrcha 60 dan ortiq yigit-qizlar bor.
ELONDAN KEGIN YANADA KO'PAYAMIZ DEGAN UMIDDAMAN
HAMMA QO'SHILISHI MUMKIN!

+99894 130 0567

HURMAT BILAN ADMIN!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Surnaylar chalinar, do'stlarim
hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam
kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman
men.
Yurakda muzim-u yuzda qor
bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r
va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz
uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot
vayrona.
Qilmishga yarasha
jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan
ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston
endi.

Xurmat bilan janob-prikol.
25.09.2014
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



O'zbekoyim...

O'qishda kursdoshim Oydin
ustidan.
Kulishdi birnechta shaxarlik
g'alcha.
Yupka kiyip kepti shimni ustidan.
Sapogi o'ziga kattamush ancha.

Shaxarlik qizlarga savollarim bor.
Javob berib ko'ring kelmasa
malol.
Saxarda ko'chaga suvlarni sepib.
Dalaga chiqqanmisiz, boqish
uchun mol.

Tandir oqarishi siz uchun nima?
Non yopkanmisiz xo'roz
uyg'onmay.
Sandalda qo'lizga ovolib igna.
Do'ppi tikkanmisiz sham
yorug'ida?

Sholi ekkanmisiz kurmagin o'tab.
Poxol yig'ganmisiz sholipoyadan?
Maktabdan uyalib javoblar so'rab.
Qurt tutib boqtizmi pillaxonadan?

O'tin terganmisiz ukangiz bilan?
Makka sitkanmisiz tovuqlar
uchun.
Nozik barmoqlarga kiriblar tikan.
Paxta chuvdingizmi? Toki yarim
tun.

Agat chopganmisiz yagana qilib.
Kovush olganmisiz paxtalar terib.
Shu ishlarni qilgan qizlarni.
Atarlar xaqiqiy o'zbekoyim deb.

Sizkim kim bo'psizki ular ustidan.
Kula olmaydi Madonnasi ham.
Janob-prikol 19.03.2012
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



YAXSHIMAN...
"Yaxshimisiz?" Deganingda sen.
"Yo'q yomonman!" degim keladi.
Xajringda xar kuni o'lgan
yurakni.
Senga atab bergim keladi.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen...
Alamdan, ajabdan kulib
yuborgum.
Sensizlik xar laxza jonimni olar.
Shu kunda qandayin yaxshi
bo'lolgum?

"Yaxshmisiz?" deganingda sen.
Faryod solgim kelar yurakni
mushtlab.
Hol so'rashing xaqoratga teng.
"YAXSHI" deyman, zo'rg'a,
amallab.

"Yaxshimisiz?" deganingda sen.
Bor dardimni aytgim keladi.
Harob bo'ldim sendan kegin
men.
Yana senga qaytgim keladi.

Janob-prikol 02.08.2014 y.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Kerak bo'lsa Onamni yelkamga qo'yib Hajga olib borardim.
Lekin Onam qiynalmasin deb samalyotda olib bormoqchiman.

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ayollar doim Eringizni aytganini qiling.
Bu bilan siz qul bo'lib qolmaysiz.
Bu bilan siz XAZRATI AYOL bo'lasiz!

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ishlamaseng- yashash qiyin.
Ishlaseng- yashashga vaqt yo'q!

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Agar sizga SEVGINI YOKI PULNI TANLA! Deyishsa ikkilanmay PULNI TANLANG.
Chunki pulsiz sevgiGa yetishib bo'midi.

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 1



Meni yaqinlarim ko'proq yig'lashadi- QUVONCHDAN.
Dushmanlarim ko'p kulishadi- ALAMDAN

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Agar sen yonimda bo'lseng hamma muammoni hal qila olaman.
Agar yonimda bo'lmaseng shuni o'zi men uchun yechilmas muammodir.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Do'stimga tasalli:

- Ko'p kuyinma do'stim. U albatta qaytadi.
- Qachon qaytadi?
- Qachonki senga uni umuman keragi qolmagan vaqtda!!

Janob-prikol.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bazi insonlarni Xayotimda yashash muddati tugadi. Ularni qayta ro'yxatga olish imkoni yo'q.!

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bir go'zalni tug'ilgan kuniga sovg'a olmoqchi bo'lib Andijon bozorlarini kezdim.
Bitta ikkita qimmatbaxo sovg'alar uchradi lekin ko'nglim to'lmadi. Toshkentga yo'l oldim.
Toshkentning eng qimmatli " Dolce & Gabbana " butikdan bitta sapog sotib oldim.
Yana aylanib yurib oltin suvi yuritilgan va atrofiga aylana qimmat baxo toshlar terilgan, raqamlari tiniq yozilgan qo'l soatini sotib oldim.
Uni yoniga yana turkiyada ishlov berilgan medalyoni bor tilla tros oldim.
Haqiqiy original teridan ishlangan Gucci sumkasini ham harid qildim!
Bozorning eng qimmat ro'moli dubaydan keltirilgan toza ipakli ro'mol oldim.
Fleshka do'konidan eng so'ngi, "olmasi tishlangan" brendli mobil telefon oldim.

Uyga qaytar ekanman tezroq yetib ul go'zalni nigoxini ko'rishga oshiqardim. Ammo hali gul va to'rt olishim kerakligi bois yangi bozorda Magnat shrinliklar do'koniga kirib buyurtma qilib qo'ygan to'rtimni olayotganimda yonimdagi odamlar to'rtni ko'rib xayratdan qotib qolishgandi.
Kimdur to'rt oldida suratga tushib olishga ruxsat so'rardi.
Va nixoyat gul do'koniga kirdim!
Eng a'lo darajada terib olingan 60 ta qizil lola gul sotib oldim! Endi mani injiq malikam shunaqasini yaxshi ko'rsa nima ham qilardim.

Sovg'alarni go'zalimga topshirdim.
Bularning ichida menga eng yoqqani to'rt bo'ldi. Uni uch kishi damasga yuklab olib kelishgan, yuklash va tushirishga o'zim yordam berdim.

To'rtning ustiga "60 YOSHINGIZ MUBORAK BO'LSIN ONAJONIM" deb yozilgan edi.

Qissadan xissa shuki- bunday qimmat baxo sovg'alarga faqat va faqat Onalar haqli, sevgan qizingiz emas!
Qissadan xissa shuki- qizchasiga Iphone olib sovg'a qilayotganlar onalariga bitta soat olib bermaganiga uyatdan yerga toptalsin.
Qissadan xissa shuki- Mehrni shu tariqa isbotlash har kimning ham qo'lidan kelmaydi.

Barcha onalarga xurmat va ehtirom ila muallif: janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0