Главная » Статьи [ Добавить статью ]

Всего материалов в каталоге: 1364
Показано материалов: 61-75
Страницы: « 1 2 3 4 5 6 7 ... 90 91 »



Ul inson men uchun jon sovg'a qilgan.
Men unga bayramda nima beraman?
Arzon salafanga, hunik o'ralgan.
Ikki dona gul bilan aldab qo'yaman.

Yorim nozlar qilib, ko'zini suzsa.
Bozordan tillolar olib beraman.
Lekin navbat onamga kelsa.
Ikki dona gul bilan aldab qo'yaman.

Endi o'ylang bu ish tuzikmi?
Hayronman, lolman xayot yo'lida.
Yorim tashlab qo'yar tillo uzikni.
Gullar... quriguncha Onam qo'lida.

Muallif Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 1



Nozik qo'lingizda gulmas, qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat g'amhona.
Men sabab otamning sochida oqlar.
Farzand bo'lolmadim kechiring ona!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bayram yaqin...
Do'stim... Bor pulingizni yig'ib.
Onajoningizni bozorga olib borib...
"ONAJON BOZORDAN ENG QIMMAT LIBOSNI TANLANG OLIB BERAMAN"
Deb ko'ring...
Onangiz eng arzon libosni tanlaydi.
Nega-ki shu xolatda xam u sizni o'ylaydi...
"BOLAMNI PULI YONIGA QOLSIN, QIYNALIB TOPGAN" deya sizni foydangizni o'ylaydi...

SIZCHI???
ONAJONINGIZNI XECHYO'Q ONALAR KUNIDA O'YLADINGIZMI???

janob prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yigit tong bo‘zara boshlashi bilan bozorga oshiqdi. Havo sovuq: bahorga o‘xshamaydi. U bozorga oshiqdi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olishga qaror qildi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli gul turardi. Lolalar!
— Kim sotyapti? — so‘radi yigit yaqinroq borib.
— Hozir keladi, — dedi sut-qatiq sotayotgan kampir.
Yigitning yonida bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni o‘ziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash bor edi: hamma yog‘i tikilib, yamoq bo‘lib ketgan. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursa-da, ancha yil xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan, biroq ko‘zlarida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. Bechora sovuqdan ko‘karib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, cholning piyonista emasligini, shunchaki ko‘p qiyinchilik ko‘rganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi.
Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham.
— Qizim, bir dona lola qancha turadi?
— Yo‘qol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa so‘ramoqchimisan, yo‘qol, — baqirdi gulchi xotin.
— Menga bitta lola kerak, qancha turadi?
Yigit cholning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi.
— Bittasi?! Sen bilan pachakilashib o‘tiramanmi? Yo‘qol!
— Sen baqirmasdan, guling qancha turishini ayt, — dedi chol sekin.
— Donasi besh yuz so‘m, — dedi xotin kinoya bilan.
Chol cho‘ntagidan ikkita ikki yuz so‘mlik chiqardi.
— Menda to‘rt yuz so‘m bor, balki to‘rt yuz so‘mga berarsan? — so‘radi chol qimtinib.
Yigit cholning ko‘zlarida shu paytgacha birorta erkakning ko‘zida ko‘rmagan alam va og‘riqni payqadi.
— Yaxshi, hozir, — gulchi xotin mazaxomuz hiringlab, chelagidan bir dona lola oldi. Gul shoxchasi o‘rtasidan singandi. Chol lolani olib, uni to‘g‘rilashga urindi. Ammo gul o‘jarlik bilan pastga egilardi... Qariya qo‘lida singan lolani tutgancha yig‘lardi.
— Menga qara, nima qilyapsan?! — yigit o‘zini vazmin tutishga urinsa-da, chidolmay baqirdi.
Gulchi xotin birpasda kichrayib qolgandek bo‘ldi, ko‘zlarida qo‘rquv bilan indamay yigitga qarab turaverdi.
— To‘xtang, — yigit cholning yengidan tutdi. — O‘v ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi?! Javob ber!
— E... a...
— Sendan so‘rayapman, bir chelagi qancha turadi?!
— 30 ming bo‘lsa kerak...
Yigit cho‘ntagidan bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga tashladi. So‘ng chelakdagi lolalarni olib, cholga tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning ko‘zlarida ham yosh qalqib chiqqandi.
— Yuring, — yigit bir qo‘li bilan lolalarni ushlab, bir qo‘li bilan uning qo‘lidan tortdi. U shirinliklar sotiladigan rastaga qarab yurdi. Ixchamgina chiroyli bezatilgan tort sotib oldi-da, cholga o‘girildi.
— Menga qarang, ota, mening pulim bor. Bu o‘ttiz ming cho‘ntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan lolangiz bilan xotiningizning yoniga borishingiz yaxshi emas, axir bugun sakkizinchi mart-ku! Manavi gullarni, tortni olib boring, mening nomimdan ham tabriklab qo‘ying.
Cholning ko‘zlaridan duvillab yosh oqa boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu manzaraga qarab turolmasdi. U qo‘lidagilarni cholga tiqishtirib, ko‘zlarini kafti bilan artdi-da, tez-tez nari keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan cholning past, dardchil ovozda gapirgan gaplarini aniq eshitdi:
— Biz... 50 yildan beri birgamiz... U kasal bo‘lib qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi...
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



8-mart haqida she'rlar

8- mart ekan bugun.
Tezda pul topish kerak.
Rasxodni o'ylasam agar.
Ortga tortmoqda yurak.

Sovg'a olmasang yana.
Xamma o'la demedimi?
Baxorda bayram nima?
Exx kuzda bo'medimi?

Hudo bermasa qiyin.
Kamroqda bizni boylik.
Cho'ntakda yo'q bir tigin.
Chiqmadi hali oylik.

Tong saxarda turdimda.
Bor pulimi yig'dimda.
Asta uydan chiqvoldim.
To'g'ri bozorga bordim.

Narxlarni ko'rib rosti.
Miyyam qisib qolyapti.
Odamlarga xayronsan.
Qaysi pulga olyapti?

Chaqib yurib semichka.
Sotib oldim sepuchka.
Tillaga o'xshar ishon.
Narxi xam ancha arzon.

O'ratib bantik bilan.
Oldim plasmass gul ham.
Duxi olmoqchi edim.
"Tugeman" dedi pul ham.

Ko'chadagi odamga.
Uyat uni ko'rsatish.
Narxidan ko'ra ancha.
Qimmat bo'ldi o'ratish.

Xotin aka soddada.
Ishondi bir marttada.
To'g'risiyam sepuchka.
Tillaga o'xshardi-da

-Soxtaku: desa qo'shnim.
- Tilla deb urushibdi.
Rangi o'chib ketsa ham.
Hamon taqib yuribdi.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bilmam ne bo'ladi menga
Borganimda uni oldiga
Ruhim bilmam qayon qochadi
Jismim bechora yolg'iz qoladi
Odatdagidek salomlashaman
Lek boshqa bir so'z aytolmasman
Aytish uchun so'z axtaraman
Ammo undan ko'z uzolmasman
Uzoqlashganda uning oldidan
Hayolda vaqtim bekor ketgandek
Ruhim paydo bo'lar qayerdan
Urush tugab qahramon ko'paygandek
* * *
Tun-u kun hayolim senda
Seni ko'rmasam xalovat qayda
Men seni shunday sevamanki
Seni asrayman umrbod yuragimda
* * *
Sevgi o'zi shunday ekan
Shavqat ne bilmas ekan
Seni kimgadir oshiq qilib
So'ngra seni qiynar ekan
| Kiritdi: | | Fikrlar: 0



Ba'zilar Toshkentga borib,
"Toshkentlik" bo'lib ketishi mumkin.
Lekin xechkim boshqa joydan Andijonga kelib "Andijonlik" bo'lolmidi.

muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Aytishlaricha vampirlar odamni tishlasa
odam vampirga aylanib qolar ekan.
NIMA BALO SANI "QO'Y" TISHLAGANMI?????

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni xayotimga umuman qiziqma!
U shu darajada qiziqki, "ISHANI" bilan "QASHQIRLAR MAKONI" damini oladi!

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



U bilan munosablarimiz juda yaxshi.
Baxslashmimiz, urishmimiz, bir-birimizi rashk qilmimiz.
Doim bir birimizga chuqur xurmatdamiz.
Lekin afsuski hali tanish ham emasmiz!!!!!!!!
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Men 20 yoshimda xayotning barcha sinovlaridan o'tib bo'ldim deb o'ylagandim.
U shunchaki trinarovka bo'lgan ekan.!

Muallif: Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qiyshiq oyoqlar figurani buzmaydi.
Agar sen KAL VA SEMIZ BO'SENG XD


Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xechkimga muammolaringni gapirma.
20 foizi senga yordam berolmaydi.
40 foiziga buni umuman qizig'i yo'q.
40 foizi bundan faqat xursand bo'ladi.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Biz odatda.
"Men seni sevaman! Seni juda sog'indim"
Deb yozamizda kegin bu gaplarni o'chirib tashlab.
"Yaxshimisan" deb "Отправит" tugmasini bosamiz!

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Afsuski xayotni "MANTAJ"qilib bo'lmaydi.
Baxtsiz kunlarni kesib,
Xotiralarni o'chirib.
Dushmanlar ovozini yo'qotib.
Vaxokazo.

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0