Главная » 2014 » Декабрь » 29 » YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI
14:12
YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TO'PLAMI
Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo'sin.
Bu yil mani bilagim.

Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko'pro.
Ishim doim yugursin.
Bo'masin xech muammo.

So'rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol'e bu..
Ko'rsatib bir mahorat.
Sovg'a qilgin Malibu..

Pul endi qo'lni kiri.
Qo'lim shu yil kir bo'sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to'lsin.

Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo'sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go'zal bo'sin.

Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to'y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko'ray.

Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo'lar ijobat.

Jannob prikol 26.12.2014


Mayliga hovlimiz qorga to'lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo'lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do'stga ko'rsating xurmat.
Xayot og'ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Janob Prikol 28.12.2014
Категория: SHERLAR | Просмотров: 706 | Добавил: janob-prikol | Теги: Yangi yil haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar