Главная » 2015 » Сентябрь » 7 » UMR DAFTARI (yangi betakror she'r 2015 avgust)
16:44
UMR DAFTARI (yangi betakror she'r 2015 avgust)



Xayot daftarini varoqlab bo'lsa.!
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq.
Qaniydi xayotim ortiga qaytsa.
Orzu qilmas edim, yashardim jo'nroq.

Yoshlik davrimdan boshlab yirtardim.
Imloyu so'rovi xato yozilgan.
Hayronman tahririyat qaramaganmi
Tekshiruvsiz, xunik bosilgan.

Yirtardim Boqchaga borgan yoshlarim.
Tirik yetim degan qarindoshlarim.
O'ksinib arosat ko'zda yoshlarim.
Otam yo onamni tanlash damlarim.

Asta varoqlardim maktab chog'larim.
Tirikchilik deb, qalbda dog'larim.
Maktab yozilmabdi bir kun ham attang.
Yozilgani,.... Toshkentda patr sotganim.

Chiptasi qani talabalikni?
Uning o'rniga Ufaga bilet.
Kursdoshlarning ismi hayotimda yo'q.
Armonlarga to'lgan barcha bet.

Asta mutolaa qilardim shoshmay
Qo'limda bo'lganda umr daftarim.
Yillab Rossiyadan uyimga bormay.
Azobda, sovuqda ishlaganlarim.

Faqat orzu yozilgan sahifalarni.
Achchiqdan g'ijimlab, yulib tashlardim.
Muhabbat yozilgan o'shal damlarni.
"HIYONAT " degancha,,,, o'tga tashlardim..

Yoqardim yoqardim, alanga qilib.
Onamdan olisda yurgan xar kunni.
Telbalarcha ho_holab kulib.
Mushtlardim olovdan chiqqan tutunni .

Bozorda arava tortgan kunimni.
Rossiyada sovuqda yotgan kunimni. Yoqardim hammasin bitta qo'ymasdan.
Internet olamiga kirgan kunimni.

Pul topib, odamga o'xshagan kunni.
Parilar qo'ynida tunagan tunni.
Yirtardim, yoqardim ayamasdim xech.
Shodlik kunlarga ham qaramasdim xech.

Bugun mersadesda yurganim ko'rib.
Havas qilmoqdadir bilmagan odam.
O'gay onamni gapiga kirib.
Uydan xaydagandi meni o'z otam.

Pul nima? Topiladi harakat qilsang.
Lekin topilmaydi mehr va yoshlik.
Shuncha yil umrimdan talab etildi.
Faqat va faqat sabr bardoshlik.

Umr daftarini varoqlab bo'lsa.!
Yirtib tashlar edim bir nechta varoq.
Mabodo istagim amalga oshsa.
Sarlavha dan boshqa qolmaydi varoq.

Muallif :janob-prikol
22,08,2015
Категория: SHERLAR | Просмотров: 4586 | Добавил: janob-prikol | Теги: Yangi 2015 sher | Рейтинг: 2.7/18
Всего комментариев: 0
avatar