Главная » 2015 » Октябрь » 29 » SENSIZLIK mazmunli she'r
19:31
SENSIZLIK mazmunli she'r


Qo'l uzatsam yetar edi samolarga.
Sira bowim egmas edim armonlarga.
Umrim o'xwar edi ulkan dostonlarga.
Ko'r meni ne ko'yga soldi sensizlik.

Mudom hamroh edi g'urur va kibr.
Tuwlarimni hech kim qilmasdi ta'bir.
Faqat jabr bo'ldi yurakka jabr.
Ko'r meni ne ko'yga soldi sensizlik.

Jilmayaman ko'nglimda yig'laydi kimdir.
Yig'lab so'ng nenidir izlaydi kimdir.
Bularga ko'nikib yashamoq og'ir.
Ko'r meni ne ko'yga soldi sensizlik.

Men mayli yomonman yaxwilar bisyor.
Hatto mujgonlarim o'zimga ag'yor.
O'tgan bir soniya kelmaydi takror.
Ko'r meni ne ko'yga soldi sensizlik.

Yig'lamayman arzimaysan ko'z yowlarimga.
Xayollar aylanib sirdowlarimga.
O'zim-da hayronman bardowlarimga.
Ko'r meni ne ko'yga soldi sensizlik.

Vaqt o'zi har dardni davolar shaksiz.
Baxtchi nima edi emasman baxtsiz.
Yana ortga qaytmoqqa haqsizsan haqsiz.
His qilib ko'r bir bor netdi sensizlik...

Watsaapdan kelgan she'r.
Muallif: Osmonzoda.
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR | Просмотров: 5007 | Добавил: janob-prikol | Рейтинг: 2.1/19
Всего комментариев: 2
avatar
0
4 Didosh92 • 19:55, 04.01.2016
Жуда яъши шэьр
avatar
0
5 janob-prikol • 19:39, 29.10.2015
ijodizga omad. Yana kutib qolamiz
avatar