Главная » 2015 » Январь » 14 » ORZU VA UMID HAQIDA qisqa aforizm va statuslar
21:52
ORZU VA UMID HAQIDA qisqa aforizm va statuslar
aforizmlar
Umid tugagan joy huvillab
qoladi...
Inson hayotida eng ko‘p foyda
beradigan narsa — umid.
A. F. VELTMAN
Hammamiz uchun nima
mushtarak? — Umid; chunki
odamning hech narsasi
bo‘lmasa ham umidi bor.
FALES
Hatto juda keksayib qolgan
odamlar ham umid bilan
yashaydilar va o‘z ahvollarini
yaxshilash uchun rejalar
tuzadilar.
J. LEOPARDI
Inson tirik ekan, hech qachon
umidsizlanmasligi kerak.
SENEKA
Dard,
o‘kinch, afsus, noumidlik —
bular o‘tkinchi, qalbda ildiz
otmaydigan
musibatlardir; alamli tuyg‘ular
ta’sirida baxtsizlikdan sira
qutulmaymiz, deya o‘ylashimiz
ham mutlaqo soxtaligi
tajribadan bizga
ma’lum.
J.J. RUSSO
Umid bilan istak o‘zaro bir-birini
ta’qib
qilib yuradi, biri soviganda
ikkinchisi ham soviydi, biri
alanga olgan
paytda, keyingisi qaynab
ketadi.
F. PETRARKA
Hamisha umid bilan yashamoq,
hech qachon tugakunlikka
berilmaslik chinakam mard
odamning fazilatidir.
LUSIY FLOR
Umidsiz kishi langarsiz kema
kabidir.
E. TELMAN
Umid tungi osmon monanddir:
zo‘r berib tikilgan nigoh oqibat-
natijada biron-bir go‘shadagi
yulduzni topmasdan qolmaydi.
O.FELE
Tirik odam hali hech narsani
yo‘qotmadim, desa bo‘ladi.
R. ROLLAN
Har qanday tumanda ham yo‘l
topib yursa bo‘ladi. Eng muhimi
dadillik bilan olg‘a borishdir.
R. ROLLAN
Har qancha og‘ir musibatlar
ham aqlu idrok va vaqt ta’sirida
malham topadi.
F. ROXAS
Hamma narsani boy berilgan
taqdirda ham hali oldinda
kelajak bor.
K. BOUVI
Hech qaysi tabib toliqqan vujud
va azob chekkan qalb uchun
umidchalik dori topib
berolmaydi.
S. SVEYG
Umid, garchi aldoqchi bo‘lsa
ham, harqalay, hayotimizni
risoladagidek yakunlashimizga
xizmat qiladi.
F. LAROFUShKO
Sevinchga umid bog‘lashning
yetishib turgan farog‘atimizdan
ozgina farqi bor.
V. SHEKSPIR
Baxtli kunlarni kutish ba’zan
o‘sha kunlarning o‘zidan ancha
yaxshiroq bo‘ladi.
Категория: STATUSLAR | Просмотров: 5867 | Добавил: janob-prikol | Теги: ibratliso'zlaribratlistatuslar | Рейтинг: 3.5/4
Всего комментариев: 0
avatar