Главная » 2015 » Январь » 12 » O'qing faqat yig'lamang. 4 ta yangi xikoya.
21:17
O'qing faqat yig'lamang. 4 ta yangi xikoya.
O'qing! "Umr manzaralari" turkumidan ''4'' ta qisqa hikoya...
1.O'qing o'ylang..
Kambag'al bir yigit boy qizni sevardi va bir kuni unga bu haqda aytdi. Qiz unga shunday javob berdi:
- Meni diqqat bilan eshit! Sening bir oylik maoshing mening kundalik ishlatadigan pulimdan ham kamroq. Shunda ham meni rom eta olaman, deb öylaysanmi? Men hech qachon seni sevmayman. Shuning uchun meni unut va yaxshisi özingga teng birorta qizni top!
Ammo yigit nimagadir qizni osonlikcha unuta olmadi.
10 yil ötdi.
Bir kuni ular savdo markazida yuzma-yuz kelib qolishdi. Qiz uni tanidi:
- Hoy, sen! Qalaysan? Men turmushga chiqdim. Bilasanmi, erimning maoshi qancha? Oyiga $ 200 ming! Tasavvur qilyapsanmi? U yana juda aqlli ham.
Yigit bu sözlarni eshitib ancha ranjidi. Shu daqiqada qizning eri kelib qoldi va yigitni körib chehrasi ochildi:
- Salom janob! Shu yerdamidingiz? Tanishing, bu mening ayolim...
Köchaga chiqishgach eri qizga yigit haqida gapirib bera boshladi:
- Men shu janobning qölida ishlayman, senga aytgandimku.
Janob hozir oyiga 2 mln topadi, ammo bir vaqtlar u sevgan qiz kambag'alligi uchun uni rad qilgan ekan. Shuning uchun haligacha uylanmagan. Bunaqa kuchli muhabbatni yana qayerdan topish mumkin? Qiz qanday omadli ekanligini bilmagan ekan, shunday emasmi?
––––––––––––––––––––––––––––
2.Mexr haqida..
Urush vaqtida bir askar jang maydonida qolib ketgan yaralangan sherigini olib kelmoqchi böldi. Unga kapitani shunday dedi:
“Endi foydasi yöq! Dösting allaqachon ölgan bölsa kerak”.
Ammo askar baribir jang maydoniga bordi va döstini özi bilan olib qaytdi.
Jonsiz tanani körgan kapitan dedi:
“Aytgandimku, u öldi, deb. Bu hayotingni xavf ostiga qöyishingga arzimaydi”.
Askar közlari namlangan holda javob berdi:
“Yöq janob, arziydi…..
Uning yoniga yetib borganimda, u közlarini ochib menga qaradi va jilmaydi. Oxirgi sözlari shunday böldi: “Baribir kelishingni bilgandim...""
––––––––––––––––––––––––––––
3............
Brayn Tumori (tananing biror ichki qismida paydo bölib, tashqariga börtib chiqadigan yirik ösma) hastaligidan azoblanayotgan ayolni kasalxonaga yotqizishdi. Uning ög'li va qarindoshlari ham shu yerda edi. Ayol bir necha soat ötib vafot etdi. Uning ög'li kun böyi, toki ovozi qolmaguncha yig'ladi.
Ertasiga tobi qochgan holda uyiga qaytgach, onasining yotoqxonasidagi stol ustida qoldirilgan maktubni kördi. Shuningdek, stol ustida bir nechta tabletkalar ham bor edi. Qöli titrab xatni öqidi:
“Bu dorilarni ichib ol, bilaman shuncha yig'laganingdan keyin tomog'ing og'riyotgan bölsa kerak... Oying..."
––––––––––––––––––––––––––––
4.Sevgi va insoniylik...
O'ta kambag'al bir kishi xotini bilan yolg'iz yashardi. Bir kuni, juda uzun sochlarga ega bölgan xotini undan yangi tög'nag'ichli taroq olib berishini söradi. U noqulay vaziyatda qoldi va ilojsiz "yöq" deb javob berdi. Ertasiga bog'ichi uzilib, anchadan beri taqilmayotgan soatini sotib, xotini söragan taroqni olib berishga qaror qildi.
Soat dökonida bog'ichsiz soat uchun biroz pul berishdi. U uyga kelib qölidagi taroqni xotiniga bermoqchi bölganida, xotinining kalta qilib kesilgan sochini körib hayron qoldi.
Ayol sochlarini sotib, erining qöl soati uchun yangi bog'ich olgan edi. Ikkisi bir-biriga közlari yoshlanib termulib qolishdi...
Категория: O'QING FAQAT YIG'LAMANG XIKOYALAR | Просмотров: 2719 | Добавил: janob-prikol | Теги: Yig'lamang | Рейтинг: 2.4/17
Всего комментариев: 0
avatar