Главная » Статьи [ Добавить статью ]

Всего материалов в каталоге: 1364
Показано материалов: 16-30
Страницы: « 1 2 3 4 ... 90 91 »



Bir kun kelib albatta shu gaplarni aytasan...
"Juda oʻ o'zgarib ketibsiz"...
Men kulib qoʻYaman. Va ichimda shivirlab...
"Men buni uddaladimmmm"


Janob -prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



SOG'INMAY QO'YDIM...
Ayriliq sababi rashk bo'lgan.
Sog'inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Armonni o'rgatgan azizam.
Ko'zingda o'zgani ko'rganman.
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Avvalar sen uchun o'lardim.
Bugun bu so'zimdan qaytganman.
Sog'insam oldinga borardim.
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.

G'ururim yengidi sevgimni.
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman.
Topib ham bo'lganman tengimni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog'inmay qo'yganman.

Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Muallif: janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Yiqildingmi?
Turayotganingda albatta yerdan tosh ovol.
Yiqitganga otasan....

Janob -prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Ko'rishaylik deysan har safar
Ko'ngil erib qoqqanimda sim.
Ammo mening bo'ynimga qadar
To'lib ketgan kundalik ishim.

Yolg'izlikka o'zini ko'mib
Sen meni deb olovda kuygan.
Men ishqini bir yonga qo'yib
O'z ishini jonidan suygan.

Dunyo besh kun, besh odim, qadam
Aqlim raso bundan ko'nglim to'q.
Men shunchalar ishga sho'ng'idim
Xatto baxtli bo'lmoqqa vaqt yo'q.

Har tong o'sha bekat, o'sha yo'l
Bir xil tusga kirgandek olam.
Qayerdandir uzalib bir qo'l
Meni tortib ketar ishxonam.

Quyosh ufqqa bosh qo'ygani payt
Charchab uyga qaytaman oxir.
Men vaqtni deb baxtin unutgan
Beyurakman yoki toshbag'ir.

Yana o'sha bekat, o'sha yo'l!

***

Kuz xazon borliqqa yoyar isini
Mezon vaqt chiqadi uch oylik taxtga.
Men esa ko'nglimning shuvut yuzini
Bosib yig'layabman singan daraxtga.

Ruhim ham toliqdi singan daraxtday
Bu yil ham umrimning bog'i mevasiz.
Kutilib, kutilib kechikkan baxtday
O'lsam, uvvos solib yig'lab kelasiz.

Kelasiz qabrimga bahorni olib
Shunda bo'y cho'zadi singan chinorim.
Yerga ko'ksim bosib yig'lagim kelmas
Qaniydi, ko'nglingiz bo'lsa mozorim!

Adxamjon MAXSUDOV.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Bazi insonlarni o'z vaqtida tashlab ketmaganimiz uchun,
Vaqti kelib Qattiq afsuslanar ekanmiz.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Shu yorug‘ dunyoni sevaman.
Xafaman,
shu yorug‘ olamdan.
Bir jonda
ikki ruh yashaydi,
Bir tanda
yashaydi ikki dil.
Yo Xudo!
Bunchalar qo‘rqinchli!
Men bilgan odamlar ikki xil.

Gulrux XUDOYOROVA
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Qizchamga ham xayronman statusimga "kasalman" deb yozsam "klass" bosibdi.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Termulaman. Biram chiroyli,
Buzilmagan hayotiy mantiq.
Uziladi barglar iboli,
Go‘zallik yo‘q bundan-da ortiq.

Bir tartibda odamlar kezar
Qayg‘u bilan baxt orasida.
Dunyo shunday batartib yashar
Derazaning tashqarisida.

Tashqaridan tamoman farqli,
Alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan bir yurak.
To‘rt tomoni alamli,dardli,
Xona uzra sochilgan tilak.

Yuragini anduhlar ezar,
Ming qayg‘u bor ko‘z qorasida.
Vayron bo‘lgan bitta dil yashar,
Derazaning ichkarisida...

Gulrux XUDOYOROVA
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Sen dunyodagi eng yaxshi insonni topdim deb xursand bo'lishga shoshilma.
Kim uchundir u dunyodagi eng yomon odam.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Севгига дард қўшиб куйлаганимда,
Кўнглим сендалигин сезиб яшайсан.
Тунлари яширин йиғлаганимда,
Биламан, сен мени севиб яшайсан.

Балки ўладирман сендан аввалроқ,
Келмасанг майлига ёдингга олиб.
Уйғонишимга халал берсада тупроқ,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Бахорлар ўтади, ўтади йиллар,
Қалбингга бир ҳузур топади йиллар.
Ўшанда бизлардан қолса кўнгиллар,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Қабристон ичида кутиб яшайман,
Гоҳида бориб тур онамни олиб.
Мен билан сухбат қур соатлаб қолиб,
Севаман тупроқлар остида қолиб.

Йўлдош Ишқий.
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Eng noqulay holat qo'shningni bolasi senga juda o'xshasa.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Tong hali yuzini yuvmasdan burun
Xo'roz ulgurmasdan qoqib qanotin
Eng shirin tushlarni o'ldirib
Jiringlab uyg'otar qora soatim..

Yangi kun boshlayman, yangi maqsadim
Sharqqa salom berib, g'arbga egilib
Shunday o'taverar xamal-asadim.
Men yashayveraman ko'kka intilib.

Kechagi hayollar ro'yodan chiqdi
Kechagi orzular, bugunga maqsad.
Hech biri bo'lmasdi U va soatim,
Uyg'otib qo'ymasa, ko'p-ko'p uxlasam...

Neniki istadim erishdim shukr,
Faqat bir tilagim chala, nuragan
Sevishni istayman, ishq bo'lsa butun
Lek yurak ming yildan beri uxlagan.

Shunday yashab o'tdim, uyg'onib har tong
To'rt devor xonamdan yolg'izlik terdim,
Ey meni uyg'otish unutmagan zot,
Tosh qotgan dilni ham uyg'otib bergin...

Aziz Nur
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Meni yuragim pok, vijdonim toza.
Chunki men ularni xechqachon ishlatmaganman.

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Xislarim ichimga yutib yashayman.
Yuragimdan chiqmaydi oh-voh.
Lek sensiz qandayin baxtli yashay man?
Sensiz yashamoqlik emasmi gunox?

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0



Seni unutish qiyin emas...
Bu Umuman imkonsiz...

Janob-prikol
| Kiritdi: janob-prikol | | Fikrlar: 0