[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
INGLIZ TILI ONA TILI GRAMMATIKASI ANATOMIYA TIBBIYO DARSLIK, » Test category » INGLIZ TILI GRAMMATIKASI BOSHIDAN TO'LIQ SHAKLDA » INGLIZ TILI ALIFBOSI (HARFLAR VA O'QILISHI)
INGLIZ TILI ALIFBOSI
janob-prikolДата: Chorshanba, 20.08.2014, 20:33 | Сообщение # 1
Sirver
Группа: Администраторы
Сообщений: 90
Репутация: 0
Статус: Offline


Ingliz tili — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda
turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa
Ittifoqining asosiy tili.
Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo
va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi
400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim.
Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan
birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika
davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy
til sifatida qoʻllaniladi.
Ingliz tili mil. av. 5—6-asrlarda kad. german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning
Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya
yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy
manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz
ichiga oladi. Qadimiy ingliz tili (7— 11-asrlar) anglosaks tili deb
atalgan va 4 shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent.
9—11-asrlarda uessek shevasi asosida adabiy ingliz tili shakllangan. Bu
shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis
qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English
(ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning
ajododlar yurti Angeln hozirgi Schleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi Lotin tilidan olingan,
vaholanki lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur
doirasining tili edi. Vikinglarning 8 hamda 9-asrdagi istilosidan keyin
ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning
11-asrda Normandlar tomonidan egallanilishi norman fransuz tilininin
ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili
lugʻaviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador. Oʻrta
ingliz tili (12—15-asrlar) urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi
natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan.
16—17-asrlarda yangi ingliz tili yuzaga kelgan. Buyuk Britaniyaning 17
va 20-asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning 20-asrdagi
dunyoviy tasiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.
Hozirda ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., jan., markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy,
Oʻrta Atlantika (markaziy), jan.sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi
mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar
mavjud. Boshqa german tillaridan ingliz tili analitik qurilish belgisi
bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar
(artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta
ahamiyatga ega. Ingliz tili boshqa tillar (lotin, fransuz, italyan,
ispan va b.)dan 70 % ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining
amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan
izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607)
London va uning atrofidan, keyingilari esa Shim. Britaniya va
Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin
ifodalangan shevalar yoʻq. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan „AQSH
va Kanadaning tilshunoslik atlasi“da (1939) yetti sheva, shu jumladan,
tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va
shim. viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy
meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya
variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada
namoyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining
mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari
xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvi lotin
alifbosi asosidadir. [1] Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 ta harfdan iborat: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.
Прикрепления: 1799178.jpg (21.6 Kb)
 
janob-prikolДата: Пятница, 01.01.2016, 14:00 | Сообщение # 2
Sirver
Группа: Администраторы
Сообщений: 90
Репутация: 0
Статус: Offline
[Diqqat! Yahshi
yangilik!
TALABLARGA BINOAN! Ingliz tili
o'rganishni xoxlaydiganlar
uchun bugundan boshlab 0 dan
boshlab
darsliklar qo'yishni boshlaymiz,
sizlardan talab qilinadigan narsa
bu faqat e'tibor bu ham albatta
o'zlaringiz uchun xammaga
omad tilaymiz!!
1 DaRS | Alphabit - Alifbo
eslatma [ ] ichidagi so'zlar harf
yoki inglizcha so'zning o'qilishi,
yozilishi va o'qishini farqlab
oling.
Aa [ey]
Bb [bi]
Cc [si]
Dd [di]
Ee [i]
Ff [ef]
Gg [ji]
Hh [eich]
Ii [ay]
Jj [jey]
Kk [key]
Ll [el]
Mm [em]
Nn [en]
Oo [ou]
Pp [pi]
Qq [kiu]
Rr [air]
Ss [es]
Tt [ti]
Uu [yu]
Vv [vi]
Ww [dablyu]
Xx [eks]
Yy [vay]
Zz [zed].
Etibor bering bu yerda Gg harfi ji
o'qilvoti. Jj harfi esi jey. Ii harfi
ay 6qilvoti. Ee harfi esa i. Farqlab
oling (buni yod olish esizdan
chiqmasin!!!)
 
INGLIZ TILI ONA TILI GRAMMATIKASI ANATOMIYA TIBBIYO DARSLIK, » Test category » INGLIZ TILI GRAMMATIKASI BOSHIDAN TO'LIQ SHAKLDA » INGLIZ TILI ALIFBOSI (HARFLAR VA O'QILISHI)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: